Qadimiy dunyoning fabrika shahri: Laodikiya

Qiziqarli ma’lumotlar dasturining bugungi sonida, qadimiy dunyoning fabrika shahri Laodikiyadan qolgani haqida so‘z qilamiz.

2077921
Qadimiy dunyoning fabrika shahri: Laodikiya

Denizlida qadim zamonlardan beri asosiy daromad manbai to‘qimachilikdir. Bugungi kunda dunyoning 185 davlatiga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilayotgan viloyatning tekstil bilan bo‘lgan aloqasi tasodif emas. Chunki qadimgi dunyoning to‘qimachilik sohasi markazi, bugungi Denizlida joylashgan qadimiy Laodikiya shahri edi.

***

Eng qadimgi topilmalarga ko‘ra Denizli 7 ming yildan beri to‘qimachilik bilan shug‘ullanmoqda. To‘qimachilik sohasi Denizlida shu qadar rivojlanganki, hatto bugungi kunda ham shaharga eng yirik pul kirish – chiqishlari, boshqacha qilib aytganda pul oqimi to‘qimachilik ustidan amalga oshmoqda. Albatta, Denizli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Turkiyaning yagona viloyati emas ammo to‘qimachilik orqali madaniyat yaratish yo‘lini bosib o‘tgan yagona viloyat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Denizliga yo‘li tushgan har bir insonning to‘qimachilik mahsulotlariga ko‘zi tushadi.

Qadim zamonlarda ham Denizli va uning atrofidagi boylikning eng asosiy manbai to‘qimachilik va shunga mos ravishda rivojlangan savdo - sotiq edi. Qadimgi dunyoning eng muhim kiyim - kechak markazi Denizlidagi qadimiy Laodikiya shahri edi.

Bu hududda ishlab chiqarilgan matolarni sotib olish imkoniyati obro‘ – e’tibor ramzi sifatida ko‘rilar edi. Matolar inson didi va yil modasiga ko‘ra tikilib, iste’molchi e’tiboriga havola qilinardi.

Laodikiyada ming yillik mato topildi

Toʻqimachilik sohasida qoʻllanilgan asboblar va Laodikiyada ham namoyish etilgan ilk toʻqilgan mato topilmalari toʻqimachilik tarixining qadimgi davrlarga borib taqalishidan dalolat beradi.

7 ming yillik tarixga ega boʻlgan toʻquv dastgohi qismlari

Ilgari, Denizlining to‘qimachilik tarixi 2 minginchi yillar deb qayd etilar edi ammo qadimgi Laodikiya shahrini qazish jarayonida 7 ming yil oldinga oid ekani taxmin qilingan to‘quv dastgohlari bo‘lakchalari topildi.

Laodikiyaning boyligi butun qadimgi dunyoda afsonaga aylangan deyish mumkin. Bu boylikning eng katta manbai ular yetishtirgan va quzg‘uniy rangdagi qo‘y turi va bu qo‘ylarning junidan olingan iplar edi. Keyinchalik bu holat, to‘g‘rirog‘i yasalgan iplar yog‘och dastgohlarda birlashtirilib, matoga aylantirildi.

Arxeologlarning fikricha to‘qimachilik madaniyati tarixdan oldingi davrlarda ko‘plab sivilizatsiyalarda oʻz oʻrnini topib, san’atga aylandi.

Denizli viloyati, ayniqsa miloddan keyingi 2 – 3 asrlarda taraqqiyot jihatidan oʻzining oltin davrini boshdan kechirgan va shaharda toʻqilgan matolar Italiyaga qadar eksport qilingandi. Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va boʻyash, gilam va sholcha toʻqish jihatidan Ierapolis, Laodikiya va Kolosay shaharlari qadimgi davr fabrikalariga oʻxshaydi.

Laodikiya matolari hali ham ishlab chiqarilmoqda

Qadim zamonlarda mashhur boʻlgan Laodikiya iplari bugungi kunda an’anaviy toʻquv usullari yordamida ishlab chiqarilmoqda. Ushbu maxsus iplarga eng yaqin mahsulotlar Denizli shahrida ishlab chiqarilib, atrofdagi tuman va shaharlarda Buldan Bezi, Dasdar va boshqa nomlar bilan haligacha e’tiborlarni oʻziga jalb etmoqda.  

Bugungi kunda ham Denizli, toʻqimachilik sohasi rivojlangan eksport markazidir. Albatta, faoliyatlar bugungi kunda yanada yirikroq tashkil etilgan sanoat zonalarida, yirik fabrikalarda olib borilmoqda. Denizlining toʻqimachilik sohasida jahon miqyosida qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatining kuchi, 7 ming yillik chuqur tarixiga borib taqaladi.

Dunyoning 185 davlatida Denizli mahsulotlarini uchratish mumkin

Qadim zamonlarda boʻlgani kabi, bugun ham butun dunyoga Denizlida ishlab chiqarilgan toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilinmoqda. Oʻtgan 2022 - yili Denizlidan dunyoning 185 davlatiga eksport amalga oshirildi. Eng koʻp eksport yoʻlga qoʻyilgan davlat esa Britaniya deb qayd etildi. Ushbu eksportdan Turkiya 624 million dollar daromad oldi.

Shu bois ham buguni kunda dunyoning har bir davlatida “Made in Denizli” degan etiketikasini koʻrishingiz mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Denizli , #Laodikiya , #to‘qimachilik

Aloqador xabarlar