Yevroosiyo kun tartibi - 68

Dasturimizning bugungi sonida Yevoosiyo davlatlari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2076719
Yevroosiyo  kun tartibi - 68

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar 2023 - yilning 3 – 5 dekabri kunlari birinchi marotaba Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy tashrif uyushtirdi.  Prezident Ersin Tatar poytaxt Bishkekda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Joparov bilan uchrashdi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Qirg‘izistonga bo‘lgan tashrifi doirasida «Ata - Beyit» yodgorlik majmuasi, Qirg‘iziston - Turkiya Manas universiteti va Qirg‘iz - Turk do‘stlik shifoxonasida bo‘ldi. Qirg‘iziston - Turkiya Manas universiteti Ersin Tatarga faxriy doktor unvonini taqdm etdi. Turkiy Davlatlar Tashkiloti tarkibida kuzatuvchi davlat sifatida o‘rin olgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidentining Ozarbayjondan keyin Qirg‘izistonga tashrif uyushtirishi mazmunli va muhimdir.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko 2023 - yilning 4 - dekabri kuni Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif uyushtirdi. Prezident Lukashenko poytaxt Pekinda Xitoy Prezidenti Si Szinpin bilan uchrashdi.

2023 - yilning 6 - dekabri kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin Su - 35 rusumidagi harbiy samolyotlar hamrohligida Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrif uyushtirdi. Bu orqali Putin, Rossiya - Ukraina urushi boshlaganidan beri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlaridan tashqari Xitoy va Erondan keyin Yaqin Sharq mamlakatlariga ham tashrif uyushtirgan bo‘ldi. Xabar qilinishicha, Putinning arab mamlakatlariga tashrifi chog‘ida asosan iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

2023 - yilning 6 - dekabri kuni Moskvada Kaspiy dengizi bilan chegaradosh davlatlar tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqaviy hamkorlik, «Shimol - Janub» transport yo‘lagidan yanada samarali foydalanish va Kaspiy dengizi masalalari muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilish doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi.

Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz 2023 - yilning 6 - dekabri kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lib qaytdi. Jevdet Yilmaz ushbu tashrifi chog‘ida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashib, Turkman - Turk hukumatlararo iqtisodiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etdi. Tashrif doirasida Turkiya vitse - prezidenti Yilmaz ishtirokida Turkmaniston - Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

2023 - yilning 7 - dekabr kuni Bishkek shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan mas’ul rahbarlarining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda raqamli ipak yo‘li loyihasi, elektron davlat xizmatlari tashabbuslarini rivojlantirish va elektron hujjat almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida vazirlar qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Vladimir Putin bilan Ibrohim Raisiy uchrashuvi 2023 - yilning 7 - dekabri kuni Rossiya poytaxti Moskvada bo‘lib o‘tdi. Besh soatdan ortiq davom etgan uchrashuv yakunida Rossiya - Eron munosabatlarining barcha sohalari faol rivojlanayotgani ma’lum qilindi.

Oʻtgan hafta Ozarbayjonda prezidentlik saylovini muddatindan oldin ya’ni 2024 - yilning 7 - fevralida, Rossiya Federatsiyasi esa 2024 - yilning 17 - martida boʻlib oʻtishi maʼlum qilingandi. Vladimir Putin 8 – dekabr kuni prezidentlik saylovida nomzod bo‘lishini ma’lum qildi. Vladimir Putin 17 - mart kuni boʻlib oʻtadigan saylovda gʻalabaga erishgudek boʻlsa unda shu bilan beshinchi marta Rossiya Federatsiyasining Prezidenti boʻlishga muvaffaq boʻladi.

2023 - yilning 7 - dekabr kuni Ozarbayjon Prezidentlik apparati va Armaniston Bosh vazirligi qoʻshma bayonot berib, boʻlib oʻtgan ikki tomonli uchrashuvlar natijasida Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash uchun muhim qadamlar qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishilganini eʼlon qildi. Bu bayonotni Janubiy Kavkazda Ikkinchi Qorabogʻ urushidan keyin tinchlik oʻrnatish nuqtai nazaridan tashlangan eng muhim shaxdam qadam deb hisoblash mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg‘iziston , #Bishkek , #Ersin Tatar

Aloqador xabarlar