Yevrosiyo kun tartibi - 66

Dasturimizning bugungi sonida Yevoosiyo davlatlari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2073451
Yevrosiyo kun tartibi - 66

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 - noyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Halid bin Abdulaziz al - Falihni qabul qildi. Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning turli yo‘nalishlari va Saudiya Arabistonining O‘zbekistonga kiritayotgan sarmoyalari muhokama qilindi. Huddi shu kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni kompaniyasining O‘zbekistondagi ikkita yangi energetika loyihasiga star berdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Din Syuesyan 2023 - yilning 27 - noyabri kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart Toqayev, Xitoy Xalq Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Din Syuesyanni qabul qildi. Qabul chog‘ida Qozog‘iston - Xitoy munosabatlari, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi va boshqa masalalar muhokama qilindi. Shu kuni Ostona shahrida Qozog‘iston - Xitoy hamkorlik qo‘mitasining 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy hukumati hay’ati Qozog‘istondan keyin Turkmanistonga yo‘l oldi. Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Xitoy Xalq Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Din Syuesyanni qabul qildi. Bundan tashqari, Ashxobodda Turkmaniston - Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining 6 - yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Tanriguli Atahalliyev 2023 - yilning 28 - noyabr kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Uchrashuvda Turkmaniston-Tojikiston munosabatlarining iqtisodiy masalalari muhokama qilindi.

Togo Prezidenti Faure Essozimna Gnassingbe 2023 - yilning 28 - noyabri kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev Togo Prezidenti Gnassingbe bilan tor va kengaytirilgan tarkibda uchrashdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 2023 - yilning 29 - noyabri kuni Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborovni qabul qildi. Ushbu qabul chog‘ida Turkmaniston -Ozarbayjon munosabatlari rivojlanib borayotganidan mamnunlik bildirildi. Mikail Jabborov Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Turkmaniston - Ozarbayjon hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining 7 - yig‘ilishida ishtirok etdi.

***

2023 - yilning 27 - noyabri kuni Boku shahrida Ozarbayjon – Gruziya - Turkiya mudofaa vazirlarining 10 - yig‘ilishi boʻlib oʻtdi. Yig‘ilish yakunida vazirlar tomonidan uch tomonlama bayonnoma imzolandi.

Aqto‘ti Raimqulova 2023 - yilning 28 - noyabrida Gunay Efendiyevadan Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi raisligi lavozimini qabul qilib oldi. Tegishli qaror, 3 - noyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Turk Davlatlari Tashkiloti sammitida qabul qiligandi.

Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sohiba G‘afarova 2023 - yilning 30 – noyabr va 2 - dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya va Chexiya Respublikasida bo‘ldi. Tashrif doirasida majlis raisi Gafarova, Germaniya va Chexiya majlis raislari va deputatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Dubayda 2023 - yilning 30 – noyabri kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etib, nutq so‘zladilar. Sammit doirasida koʻplab ikki tomonlama uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi.

 

 



Aloqador xabarlar