Bularni bilasizmi-66

Turkiyadagi restoranlarda eng ko'p iste'mol qilinadigan taomlardan biri "Adana kabobi" ekanligini bilasizmi?

2072231
Bularni bilasizmi-66

 

Adana kabobi turk oshxonasining eng mashhur taomlaridan biri bo'lib, u Turkiya janubidagi Adana shahriga xos taomlardan biridir. Shuhrati boshqa davlatlarga ham tarqalgan ushbu taom bugungi kunda ko'plab mamlakatlarda sevib iste'mol qilinadi.

Turk tiliga arabchadan kirib kelgan “kabob” so‘zi tovada yoki olovda pishirilgan go‘sht ma’nosini bildiradi. Kabob Adana markazida joylashgan Chukurova hududida qadim zamonlardan beri tayyorlanib kelinadi. Taxminan 4000 yil muqaddam topilgan ba'zi arxeologik topilmalar shuni ko'rsatadiki, o'sha paytda bu mintaqada shashlik pishirilgan va go'sht sixlarga terilib, olovda pishirilgan. Bugungi Adana kabobi 19-asrning ikkinchi yarmida Adananing tarixiy bozori bo’lmish Kazanchilar bozorida paydo bo'lgan.

Adana kabobini boshqa kaboblardan ajratib turadigan o'ziga xos xususiyat uning masallig’idir. Adana kabonining go‘shti tabiiy muhitda va o‘ziga xos tabiatga ega bo‘lgan hududning yaylovlarida boqiladigan qo’chqorlardan olinadi. Aytishlaricha, agar go’sht qo’chqor emas, urg’ochi qo’ydan olingan bo’lsa, kabobning ta'mi o'zgaradi. Adana kabobida ishlatiladigan go'sht faqat Adanaga xos bo'lgan "zirh" deb nomlangan pichoqqa o'xshash qilich bilan kesiladi. Qo'zi dumidan olingan yog', qalampir va tuz qiymaga qo'shiladi. Boshqa ziravorlar ishlatilmaydi. Olingan qiyma go'sht maxsus kabob sixlariga o’tkaziladi va o'tin olovida pishiriladi. Adana kabobi piyozli salat va yashil salat bilan tortiq qilinadi.

Adana kabobi, standartlarini saqlab qolish uchun “Turk Patent” va “Tovar belgilari” idorasi tomonidan ro'yxatga olingan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Adana kabobi

Aloqador xabarlar