Ganizm - yangi san’at harakati

«Qiziqarli ma’lumotlar» dasturining bugungi sonida, sun’iy intellekt tomonidan qoʻllab – quvvatlangan yangi san’at oqimi, «Ganizm» haqida soʻz qilamiz.

2069210
Ganizm - yangi san’at harakati

Sun’iy intellekt tomonidan qoʻllab - quvvatlangan yangi san’at harakati: Ganizm.

Sun’iy intellekt har kuni hayotimizga texnologik yangiliklarni olib kirishiga qaramay, huquqiy jihatdan koʻplab savol tugʻdirmoqda. Ana shulardan biri yangi sanʼat harakati «Ganizm» va shu yoʻl orqali yaratilgan asarlarning kimga oid ekani…

***

1600 - yillarda «kalkulyator» ixtirosi bilan boshlagan sarguzasht kompyuterlar va internet integratsiyasi bilan aqlli qurilmalarga aylandi. Xuddi shu nuqtada sun’iy intellekt paydo boʻldi. Kompyuterlar orqali hisob - kitob qilish qobiliyati sifatida paydo boʻlgan sun’iy intellekt texnologiyasi, har bir sohada boʻlgani kabi san’atga ham bir qator yangiliklarni olib keldi. Shu darajadaki, hatto san’at olamida «Ganizm» deb nomlangan yangi harakat boshlandi.

Rassomlar sun’iy intellektdan foydalanish orqali vizual asarlar yaratishlari mumkin. Ushbu asarlar ortida chuqur oʻrganish sohasida qoʻllaniluvchi sun’iy intellekt algoritmi, «Generative Adversarial Network» yoki GAN texnologiyasi mavjud.

Ammo, «GAN texnologiyasi yordamida oʻrtaga chiqqan asarlar kimga tegishli?» degan savol huquq olamining kun tartibida.

Sun’iy intellekt biron bir asar yaratmoqda lekin uni qanday ma’lumotlardan foydalangan holda, qaysi algoritmlar natijasida yaratilgani hamda uning avtori noma’lum.

Sun’iy intellektning qorongʻu jihatida: Blackbox

Insonlar tashqi dunyoni sezgi organlari orqali qabul qilar ekan, sun’iy intellekt ham shunga oʻxshashini texnologiya yordamida amalga oshirmoqda. U bu orqali bir necha rassomning asaridan foydalangan holda boshqa va yangi bir asar yaratish imkoniga ega. Boshqacha qilib aytganda, sun’iy intellekt asar manbasini yashirmoqda.

Asarlarning avtori kim yoki kimlar?

Sun’iy intellekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar kimga yoki kimlarga oid? Rassomgami, programmachigami yoki jamoatchilikka? Huquq olami xuddi mana shu savolga javob qidirmoqda. Hozircha har bir davlat turli xil yechimlarni ishlab chiqarmoqda. Masalan, Amerika huquq tizimida sun’iy intellekt tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarni himoya qilish imkonsiz degan fikr bor.

Biroq, bu nuqtada Britaniyaning farqli fikri bor. Unga koʻra sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan mahsulot avtorligi, uning ishlab chiqarilishi uchun sun’iy intellekt dasturidan foydalangan va bu jarayonga hissa qoʻshgan shaxs yoki shaxslarga berilishi mumkin.

Yevropada esa vaziyat biroz boshqacha. Yevropa ittifoqi komissiyasi tomonidan mavzu haqida qayd etilgan hisobotlarga koʻra, bu masala ustidan ma’lum tartib boʻlishi zarur.

Turkiya ham sun’iy intellekt texnologiyasi bilan yaqindan qiziqayotgan davlatlardan biridir.

Prezidentlik apparati huzuridagi Raqamli transformatsiyalar boshqarmasining sun’iy intellektga bo‘lgan koʻz qarashi nihoyatda ijobiy va sun’iy intellektni jamiyatdan uzoqlashtirish niyati yoʻq.

Turk huquqshunoslarning “gibrit asar” haqidagi taklifi

Gibrid asarlar tushunchasi ham sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan va rassomning intellektual mavzusini oʻz ichiga olgan asarlar sifatida ta’riflanmoqda.

Sun’iy intellekt sohasining haligacha qonuniy jihatdan kamchiliklari bor. Qonun chiqaruvchi organlar mazkur masalani tezlik bilan hal qilishni istasalar - da, sun’iy intellekt jadal tusda  rivojlanib bormoqda.

 



Aloqador xabarlar