Bularni bilasizmi-65

Istanbulda qushlar qo‘nmaydigan masjid borligini bilarmidingiz?

2069206
Bularni bilasizmi-65

 

Istanbulning Uskudar dahasida joylashgan Shemsi Posho masjidi dunyoga mashhur Memor Sinanning bebaho asarlaridan biridir. Uskudar sohilida joylashgan bu masjid, maqbara va madrasalari bilan dengizdan qaralganda juda chiroyli ko'rinishga ega. Galata ko'prigi va Halich masjidning ro’baro’sida joylashgan.

Sodda qilib qurilgan majmua II. Salim va III. Murod davrida vazirlik qilgan Shemsi Ahmet Posho tomonidan 1580-yilda Memor Sinanga qurdirtirilgan. Uskudar sohilini bezab turgan tarixiy masjid goʻzalligi bilan birga qiziqarli hikoyasi bilan ham ajralib turadi.

Juda pokiza odam bo’lgan Vazir Shemsi Ahmet Posho, Mimar Sinanga qushlar qo'na olmaydigan yoki ifloslantirolmaydigan masjid qurishni buyuradi. Har bir qurgan masjidda o’ziga xos uslubdan foydalangan Memor Sinan, Shemsi Posho masjidi uchun ham boshqacha rejani ko’zlaydi.  Masjid qurilishidan oldin yaxshilab o’ylaydi. Usta meʼmor qushlarga shamol taʼsir qilishini bilgani uchun Uskudarda shimol va janubdan shamollar kesishadigan joy topib, masjidni shu yerga qurishga qaror qiladi. Bir vaqtning o'zida ikki tomondan shamol esadigan va to'lqinlar qirg'oqqa urilib turadigan bu joyda masjidga qushlarning qo'nishi imkonsiz bo’ladi.

1580-yilda ibodatga ochilgan bu masjid vaqt oʻtishi bilan xalq orasida “Qushqoʻnmas masjidi” nomi bilan mashhur boʻla boshlagan. Bosfor boʻgʻozi oldida baliq tutib, kutubxonasida kitob oʻqigan, masjidida namoz oʻqiydigan bu goʻzal majmua Uskudarning timsollaridan biri va Istanbuldagi tarixiy jo’me-masjidlar orasida albatta koʻrishga arziydigan maskanlardan biridir.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul

Aloqador xabarlar