Yuzinchi yoshing qutlug‘ bo‘lsin Turkiya!

Turkiya Respublikasiga bundan roppa - rossa 100 yil muqaddam, Mustafa Kemal Ataturk yetakchiligida asos solindi.

2056622
Yuzinchi yoshing qutlug‘ bo‘lsin Turkiya!
cumhuriyet fener alayı (13).jpg
İstanbul Taksim Türk Bayrağı 1.jpg
cumhuriyet fener alayı (8).jpg
cumhuriyet fener alayı (14).jpg

Turkiya Respublikasi bundan 100 yil muqaddam bugun, Mustafa Kemal Ataturk va uning hamrohlari tomonidan mustahkam poydevor ustida qad rostladi. Respublikaning me’morlari, chuqur ildiz otgan turk millati ta’limdan san’atga, ilm - fandan sportgacha ko‘plab sohalarda muvaffaqiyatga erishdi. Shuningdek, kelajakda nimalar qilishi borasida katta ishonch bilan yangi avlod barpo etdi. Bu avlod, bugungi dunyoning umumiy qadriyatlariga ijobiy hissa qo‘shish orqali umuminsoniy madaniyatda o‘z izini qoldirmoqda, qoldirishni davom etadi.

Bu asrda ilm - fan va texnologiya, madaniyat va san’at, ta’lim va sanoat sohasida o‘zini - o‘zi rivojlantirgan davlat sifatida oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishgan Turkiya Respublikasi, yangi maqsadlar sari hamisha olg‘a qarab, shahdam qadam tashlaydi.

Turkiyaning yangi asri yanada kuchli boshlanadi. Turk millati dadil qadamlar bilan yurishni davom ettiradi va mamlakatning dunyodagi o‘rnini yana - da mustahkamlab, yaqqol namoyon etadi. Turkiya Respublikasi xalqaro tinchlik, birdamlik va taraqqiyotga qo‘shgan ulkan hissasi bilan abadiy yashaydi.

Yuzinchi yoshing qutlug‘ bo‘lsin Turkiya!



Aloqador xabarlar