Yevroosiyo kun tartibi - 58

Dasturimizning bugungi sonida Turk Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2046624
Yevroosiyo kun tartibi - 58

2023 - yilning 25 - sentabri kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Joʻmart Toqayev Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qirg‘iziston Bosh vazirlarini qabul qildi. Qabul chogʻida Qozog‘istonning nomi tilga olingan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari muhokama qilindi. Ostonada boʻlib oʻtgan “Innoprom Kazakhstan 2023” xalqaro sanoat yarmarkasining ochilishida Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qirgʻiziston bosh vazirlari ishtirok etdilar.

Huddi shu kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Joʻmart Toqayev Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanovni qabul qildi. Unda, Qozog‘iston - Tatariston munosabatlari muhokama qilindi.

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov, 2023 - yilning 26 – 27 - sentabri kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Minnixanov Arkadagʻ shahrida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan alohida – alohida uchrashdi. Rustam Minnixanov, Turkmaniston mustaqillik kuni marosimida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 - yilning 26 - sentabri kuni Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. Qabul chog‘ida O‘zbekiston - Qirg‘iziston strategik munosabatlarining turli masalalari muhokama qilindi. Shu kuni parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev, O‘zbekiston Oliy majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov va Oliy Majlis senati raisi Tanzila Narboyeva bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

2023 - yilning 28 - sentabri kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev, “Berlin Global Dialogue” forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi. Prezident Toqayev mazkur forum doirasida Shri - Lanka Prezidenti Ranil Vikremesinge bilan uchrashdi.

2023 - yilning 29 - sentabri kuni Berlinda “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda Germaniya Bosh vaziri, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari, Turkmaniston Xalq maslahati raisi ishtirok etdi. Sammitda Germaniyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarining turli jihatlari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Germaniya kansleri Olaf Shols bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Qirg‘iziston va Germaniya hukumatlari o‘rtasida migratsiya va o‘zgarishlar bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Huddi shu kuni Germaniya prezidenti Frank-Walter Steinmeier Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ham birgalikda ham da alohida – alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari sammit doirasida Germaniya ishbilarmon dunyosining yetakchi vakillari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Germaniya kompaniyalari vakillari bilan alohida – alohida uchrashuvlar o‘tkazdilar.

***

2023 - yilning 25 - sentabri kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Prezident Erdo‘g‘anni Naxchivonda marosim bilan kutib oldi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv ortidan ikkala davlat o‘rtasida 3 ta shartnoma imzolandi. Prezidentlar, Ig‘dir - Naxchivon tabiiy gaz quvur liniyasining poydevorini qo‘yib, Naxchivon harbiy ishlab chiqarish ta’sisini xizmatga ochib berdilar.

2023 - yilning 28 - 29-sentabri kunlari Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov amaliy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ldi. Bosh vazir Asadov Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda bilan uchrashdi va “Dushanbe-2023” xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi.

Voqealardan ham ko‘rinib turganidek, o‘tgan hafta Turk Respublikalari uchun samarali o‘tdi. Prezident Erdo‘g‘anning Naxchivonga bo‘lgan tashrifi va tuzilgan kelishuvlar, Turk Respublikalari integratsiyasida muhim rol o‘ynaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.



Aloqador xabarlar