UNESCO maktablarda smartfonlarni man etilishga chaqirdi

Dasturimizning bugungi sonida, UNESCOning Global ta’limni kuzatish hisobotida mobil telefonni taqiqlash masalasining nima uchun kun tartibiga olib chiqilgani haqida so‘z qilamiz.

2023948
UNESCO maktablarda smartfonlarni man etilishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, ilm - fan va madaniyat agentligi tomonidan 18 yildan beri nashr etilgan Global Ta’limni kuzatish hisobotida bu yil, smartfonlar yoki “mobil telefonlarning man etilishi” ta’kidlandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, ilm - fan va madaniyat agentligi UNESCO hisobotiga ko‘ra, mobil telefondan ko‘p foydalanish ta’limning zaif ishlashi bilan bevosita bog‘liq. Ekraning bir necha soatga qadar ochiq qolishi esa, bolalarning hissiy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida dalillar mavjud. UNESCO, maktablarda mobil telefonlarni taqiqlashga chaqirdi.

Hisobotda aytilishicha, raqamli texnologiyalar har doim inson markazli ta’limni ko‘zlashi va hech qachon o‘qituvchilar bilan yuzma - yuz muloqot o‘rnini bosib olmasligi zarur.

UNESCO Bosh direktori Odri Azule, “Raqamli inqilob beqiyos salohiyatga ega ammo uni jamiyatda foydalanishning yo‘l - yo‘riqlari bor. Ta’lim sohasida foydalanish uchun ham xuddi shunday e’tibor berish lozim”. – dedi.

Mamlakatlarning 14 foizi mobil telefonlarni taqiqlovchi siyosatga ega

UNESCOning telefonni global miqyosda taqiqlash bo‘yicha taklifi aslida ko‘plab mamlakatlarda qonun bilan amalga oshirilgan. Ulardan biri Fransiya. Fransiya, 2018 - yili maktablarda mobil telefonni taqiqlagan birinchi davlatdir. Gvineya ham, 2021 - yili xuddi shunday yo‘lni tanladi. To‘liq yoki qisman taqiqlar Latviya, Meksika, Portugaliya, Ispaniya, Shveytsariya, AQSh, Kanada va Shotlandiyada kiritildi.

Bangladesh farqli yo‘lni tanladi. 2011 - yili sinflarda o‘quvchilar o‘rniga o‘qituvchilarning mobil telefondan foydalanishi man etilgan edi. 2017-yili o‘quvchilarning ham o‘qituvchilarning ham sinfga mobil telefonlarini olib kirishlari taqiqlandi.

Tojigistondagi ta’lim bo‘yicha qonunning 25 – moddasiga ko‘ra boshlang‘ich va o‘rta ta’lim o‘quvchilari tomonidan mobil telefondan foydalanish man etilgan. O‘zbekistonda maktablarga kirishda barcha qurilmalarni o‘chirish talab qilinadi.

Finlandiya bilan Niderlandiya, 2024-yili maktablarda mobil telefonni taqiqlovchi davlatlar qatoridan o‘rin oldi.

Smart qurilmadan foydalanish unumdorlikni pasaytirmoqda

Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) kabi keng miqyosli va xalqaro baholash ma’lumotlaridan foydalangan holda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mobil telefonga qaramlilik ko‘pincha akademik samaradorlikning pasayishi bilan bog‘liq.

Belgiya, Ispaniya va Angliyada olib borilgan tadqiqotlar; maktablarda mobil telefonlarni taqiqlash, ayniqsa, bilim darajasi pasaygan o‘quvchilarning akademik ko‘rsatkichlarini yaxshilashini ko‘rsatmoqda.

Turkiyadagi maktablarda mobil telefonlarning taqiqlanishi masalasini o‘qituvchilar kengashi aniqlaydi

Turkiyada esa 2019 - yili Rasmiy gazetada chop etilgan qaror bilan Milliy ta’lim vazirligi, o‘rta ta’lim muassasalari reglamentining ko‘plab moddalarini o‘zgartirdi.

Ulardan biri o‘quvchilarning mobil telefondan foydalanishining man etilishi masalasi edi.

Nizomga ko‘ra, audio va video yozib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mobil telefonlar, kameralar, planshetlar, kompyuterlar, aqlli soatlar va shunga o‘xshash qurilmalar axborot vositalari sifatida ta’riflanadi va dars vaqtida yoki tanaffuslarda telefondan foydalanish yoki foydalanmaslik masalasi maktab ma’muriyatining ixtiyoriga qovyib berildi.

Dars soatlarida mobil telefonlardan foydalanish yoki foydalanmaslik esa, o‘qituvchilar kengashi tomonidan qarorlashtirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #maktab , #mobil telefon , #smartfon

Aloqador xabarlar