Yevrosiyo kun tartibi-50

Dasturimizning bugungi sonida Yevrosiyo respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2022710
Yevrosiyo kun tartibi-50

2023-yilning 1-avgusti kuni Islandiyaning Moskvadagi elchixonasi oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Islandiya rasmiylari “hozirda foyda keltirmaydigan” yuqori texnik xarajatlar tufayli elchixona yopilishini ma’lum qildi.

Rossiyaning Kishinyovdagi elchixonasi, Moldovaning Rossiyadagi diplomatik xodimlari sonini qisqartirish qarori munosabati bilan 5-avgustdan boshlab konsullik faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi.

Turkmaniston havo yo‘llari, 2023-yilning 1-avgustidan e’tiboran Ashxoboddan Moskvaga bo‘lgan qatnovlarini to‘xtatdi. Qaror, uchishlarning xavfsizligi xavfi bilan bog‘liq ekani qayd etildi.

2023-yilning 1-avgustida Polsha bilan Belarus oʻrtasida harbiy texnikaning havo hududini buzishi haqida munozara boʻlib oʻtdi. Belarusiyaning Vagnerni g‘arbiy chegaraga joylashtira boshlashi g‘arbliklarning, ayniqsa polyaklarning e’tiroziga yo‘l ochgandi.

Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyun - Erdene 2023-yilning 2 - 6 avgusti kunlari rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ldi. Bosh vazir Oyin-Erdene, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris, Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin, Transport vaziri Peter Paul Buttigieg bilan uchrashdi. Muzokaralar natijasida ikki davlat oʻrtasida aviatsiya, transport, togʻ- kon sanoati va intellektual mulk sohalarida kelishuvlarga erishildi. Luvsannamsrayn Oyin - Erdene tashrifi doirasida NASA va USAIDga ham uchradi.

2023-yilning 3-avgusti kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Ruminiyaning mamlakatda bo‘lishiga ruxsat bera oluvchi diplomatlar sonini cheklashga qaror qildi. Iyun oyida Ruminiya, Rossiyaning Buxarestdagi elchixonasining 40 nafar diplomatidan 30 kun ichida mamlakatni tark etishni so‘ragan edi. Bundan tashqari, Rossiya Norvegiyaning mamlakatda bo‘lishiga ruxsat bera oluvchi diplomatlar sonini 27 nafargacha chekladi.

2023-yilning 4-avgusti kuni Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining birinchi uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda uch davlatga tegishli umumiy masalalar muhokama qilindi. Sammit yakunlari boʻyicha 17 moddadan iborat qoʻshma deklaratsiya qabul qilindi. Keyin esa O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari sammit natijasiga bag‘ishlab, matbuot anjumani uyushtirdi. Tomonlar xalqaro yuk tashishda kuchlarni birlashtirishga qaror qildi. Shuningdek, Amudaryodan maqsadli foydalanish borasida ham kelishib oldilar. Avvalroq Afg‘onistonning Amudaryoda to‘g‘on qurishga urinishi mintaqa davlatlarining noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Sammit doirasida Prezidentlar ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazdi. Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari bilan alohida – alohida uchrashdi.

2023-yilning 5-avgusti kuni Latviya parlamentining fuqarolik, migratsiya va ijtimoiy birdamlik komissiyasi raisi Ingmar Lidaka rasmiy til imtihonidan o‘ta olmagan 6000 ga yaqin Rossiya fuqarosining mamlakatni tark etishi so‘ralgan xat olishlarini ma’lum qildi.

***

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2023 - yilning 3 - avgusti kuni AQSh Davlat departamentining Kavkaz muzokaralar bo‘yicha bosh maslahatchisi Lui Bononi qabul qildi. Ushbu qabul chog‘ida Ozarbayjon - Armaniston tinchlik muzokaralarining hozirgi holati qo‘lga olindi.

Voqealardan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan hafta Turkmanistonda muhim sammit bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning G‘arb bilan diplomatik aloqalari zaiflashishda davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar