O'zbekistondan xabarlar-43

O‘zbekiston va Turkiya: parlamentlararo aloqalar izchilligi va bardavomligi taʼminlanadi

2014010
O'zbekistondan xabarlar-43

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 iyul' kuni Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Fuat Oktay O‘zbekiston yetakchisiga uning Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi munosabati bilan qardosh Turkiya Prezidenti va xalqining samimiy tabriklarini yetkazdi.

Turkiya tomoni O‘zbekiston Prezidentining aholi farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan pragmatik siyosatini yuksak baholashi va to‘liq qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

Muzokaralar chog‘ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish hamda oliy darajada qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Davlat rahbari parlamentlararo hamkorlik guruhlarini tashkil etish va tegishli “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni olqishladi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini oshirish va aviaqatnovlarni ko‘paytirish, istiqbolli investisiya loyihalarini ilgari surish, qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashgan choralar ko‘rilishi muhim ekani ta'kidlandi.

Martabali mehmon tashrifi davomida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv kun tartibidan avvalo parlamentlararo aloqalar, shuningdek, savdo va iqtisodiyot, investitsiyalar, agrar, transport, energetika va madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining surʼati ikki mamlakat yetakchilarining rasmiy tashriflari va muntazam muloqotlari natijasida yangi bosqichga ko‘tarilib borayotgani, bunda O‘zbekiston – Turkiya strategik sheriklik kengashining o‘rni alohida ekani qayd etildi.

Ikki davlat munosabatlarida parlamentlararo hamkorlikning ahamiyati ortib borayotgani, keyingi yillarda muntazam muloqotlar va tashriflar faollashgani o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Oliy Majlisning Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi va “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, parlamentlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, bank-moliya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda muloqotlarni davom ettirish har ikkala mamlakat uchun manfaatli ekaniga urg‘u berildi.

Jumladan, Fuat Oktay “O‘zbekiston o‘lkasi barchamiz uchun yagona turkiy sivilizatsiyaning bosh bulog‘i bo‘lishi bilan birga, bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda eng muhim tashabbuslari bilan markaziy strategik rol o‘ynayotgan davlat, deb bilamiz. Davlatlarimiz o‘rtasidagi turli yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirishga oid parlamentlararo hamkorlik qanchalik zich va faol bo‘lsa, ikki tomonlama keng qamrovli muloqotimiz natijalari shunchalik samarali va bardavom bo‘ladi. Shu maʼnoda biz qardosh O‘zbekistonni yaqin davrda Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasining to‘laqonli aʼzosi sifatida ko‘rishga katta umid bog‘laymiz”, deb taʼkidladi.

Uchrashuvda shuningdek, mamlakatlarimiz hamkorligiga oid istiqboldagi reja hamda qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Fuat O'ktay , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar