O'zbekistondan xabarlar -40

Joriy yilning 24 iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tinishish hamda aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Toshkent viloyatining Toshkent tumanida bo‘ldi.

2004903
O'zbekistondan xabarlar -40

 

Senat raisi joylarda aholi vakillari bilan uchrashdi

Joriy yilning 24 iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tinishish hamda aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Toshkent viloyatining Toshkent tumanida bo‘ldi.

Senat Raisining dastlabki manzili tumanning “Xasanboy” MFY hududidagi 9-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘ldi. Muassasa 1939-yilda qurilgan 140 o‘rinli moslashtirilgan  bino o‘rnida, aholining talab va istaklarini hamda hududdagi maktabgacha taʼlimga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan xolda 560 o‘ringa mo‘ljallab yangidan barpo etildi. Eʼtiborli jihati, maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim laboratoriyasi tashkil etilgan bo‘lib,  tumandagi boshqa maktabgacha taʼlim tashkilotlari vakillari taʼlim va tarbiyaning ilg‘or shakllari bo‘yicha malakalarini oshirib borishadi.

T.Narbayeva bu yerda tuman maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar bilan muloqot qildi. Taʼlim fidoyilari keyingi yillarda o‘qituvchilarning nufuzi va mavqeini oshirishga qaratilgan saʼyi-harakatlar, ularni moddiy hamda maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, tizimda majburiy mehnatning to‘liq bartaraf etilgani tufayli taʼlim jarayonida sifatning yaxshilanayotganiga to‘xtalib o‘tdilar.

“Bahor gullari” MCHJda esa turli jabhalarda samarli mehnat qilgan tuman nuroniylari bilan dildan suhbat bo‘lib o‘tdi.  Nuroniylar ayni paytda mamlakatda kechayotgan bunyodkorlik jarayonlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarga berilayotgan eʼtibor, yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnilarini topishlari, taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdilar. Xususan, keyingi yillarda taʼlimdagi islohotlar natijasida yoshlarda tanlov imkoniyati kengaygani, nafaqat soni bir nechaga ortgan oliy o‘quv yurtlari, balki xorijning nufuzli taʼlim muassasalariga yurtimizda turib, taʼlim granti asosida o‘qishga kirayotgani, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida mamlakatimiz hududlarida yirik markazlar tashkil etilayotgani kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga kiritilgan sarmoya ekanini taʼkidlab o‘tdilar.

Bugun tadbirkorlik subyektlari iqtisodiyotni harakatlantiruvchi drayverga aylanib bormoqda. Shu maʼnoda, T. Narbayeva tumandagi tadbirkorlar bilan ham uchrashdi. Jumladan, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkor Fazliddin Ahmedov ayni paytda 200 ga yaqin ish o‘rni yaratgani, tayyorlanayotgan mahsulotning 40 foizi Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Gruziya, Xitoy va Mo‘g‘iliston kabi davlatlarga eksport qilayotganini aytib o‘tdi.  Xususan, o‘tgan yilda eksport xajmi 2,5 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil 4 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Tadbirkor yaratilgan imkoniyatlar tufayli yana 1,5 million dollar investitsiya kiritish hisobiga 60 ta yangi ish o‘rni yaratish ustida ish olib bormoqda. Senat Raisi korxonada faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlar bilan ham qiziqdi.

Shu yerning o‘zida tumandagi hokim yordamchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida maʼlum bo‘lishicha, ayni paytda aholini ish bilan taʼminlash bog‘liq masalalar o‘z yechimini topgan, xattoki qo‘shni tumanlar fuqarolarini ham ish bilan taʼminlash uchun imkoniyatlar mavjudligi aytib o‘tildi.

Tumanda aholi sog‘lig‘ini saqlash yo‘nalishiga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish maqsadida malakali tibbiyot xodimlarini jalb etish shular jumlasidan.

T.Narbayeva yaqinda foydalanishga topshirilgan   tumanlararo perinatal markaz faoliyati va unda aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, unga yaqin mahallalar aholisi bilan muloqot qildi.

Bunga qadar 110 o‘rinli Toshkent tumani tug‘uruq kompleksi faqatgina shu hudud aholisiga xizmat ko‘rsatgan. Shifoxona asosan asoratsiz tug‘uruqlarni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, asoratli va kam vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlar respublika muassasalariga va Chirchiq shahrida joylashgan viloyat perinatal markaziga 50-70 km. masofa bosib olib borilar edi.

Muassasani zamonaviy standartlarga mos holga keltirish uchun 18,2 mlrd. so‘m investitsiya dasturi doirasida mablag‘ sarflandi. Markaz zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlandi. Buning uchun 2,1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Muassasada qo‘shimcha 10 o‘rinli “Chaqaloqlar patologiyasi” va 6 o‘rinli “Chaqaloqlar reanimatsiyasi” bo‘limlari tashkil etildi. Bundan tashqari, markazning 35 nafar shifokori respublika muassasalarida alohida tashkil etilgan o‘quv kurslarida tibbiy malakalarini oshirib qaytdi.

Senat Raisining hududlarga tashrifi davom etadi.

Xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva bevosita hududlarga chiqib, aholi vakillari, tadbirkorlik subyektlari, mahallarda tashkil etilgan beshlik, tumanlardagi sektorlar rahbarlari bilan bevosita muloqotlar o‘tkazmoqda.

26-iyul kuni Senat Raisi Toshkentning Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarida bo‘ldi. Taʼkidlash joiz, Olmazor tumani aholi zich joylashgan tumanlardan biri hisoblanadi.  Dastlab, tumandagi yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o‘rgatish, kichik va o‘rta biznesni yuritish malakalarini berish, tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash innovatsiya va menejment markazi faoliyatini bilan tanishildi. Ushbu amaliy monomarkaz Olmazor tumani hokimiyati bilan davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan bo‘lib, 2023-yilning o‘zida 1440 nafar yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish reja qilingan.

Shu yerning o‘zida tumandagi tadbirkorlik subyektlari vakillari,  hokimlik, Innovatsion rivojlanish agentligining Aerokosmik laboratoriyalar bo‘limi bilan hamkorlikdagi “Dreamsat” loyihasi asosida dasturlash, injeneriya, robototexnika kabi fanlar bo‘yicha taʼlim olib AQSHning nufuzli oliy taʼlim dargohlariga grant asosida o‘qishga qabul qilingan yoshlar bilan samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tumanda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.   “Universitet” mahallasida foydalanishga topshirilgan  “Oila va ayollar markazi” ham shular jumlasidan bo‘lib,  bu yerda psixolog maslahat xonasi, ayollarni sog‘lomlashtirish xonasi, gimnastika zali va go‘zallik saloni faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Senat Raisi bu kabi markazlarni iloji boricha har bir mahallada tashkil etish, markaz tarkibida xotin-qizlarni anʼanaviy kasb-hunarlar bilan bir qatorda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan zamonaviy kasblarga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, aynan markazlar qoshida bugun talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kichik korxonalar tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalarini berdi.

Tashrifning navbatdagi manzili “Xislat” mahallasida ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi. Mazkur tikuvchilik korxonasiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Iroda Berdiyeva rahbarlik qilmoqda. Eʼtiborli jihati, bu yerda shu mahallaning qo‘lida hunari bor, lekin sharoit tufayli uyda o‘tirgan xotin-qizlari ish bilan taʼminlandi. T.Narbayeva korxona faoliyati bilan tanishish chog‘ida uning xodimlari, qolaversa, tuman xotin-qizlar faollari bilan suhbat qildi, mahalladagi beshlik faoliyati bilan qiziqdi.

Infratuzilmani rivojlantirish, aholiga zarur shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘rgatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar bugun mahallalardan boshlanmoqda.

Senat Raisi Shayxontohur tumaniga tashrifi chog‘ida 6 yarim mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan “Sarxumdon” MFY bo‘lib, bu yerda mahalla faollari, nuroniylar va aholi vakillari bilan muloqot qildi. Taʼkidlash joiz, keyingi yillarda mahallada amalga oshirilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik natijasida mahalla idorasi yangidan barpo etildi, uning hududida 12 ta bolalar maydonchasi va 10 ta sport maydoni foydalanishga topshirildi.

Samimiy suhbat chog‘ida mahallaning tarixi, uning fuqarolari hayot tarzi, shuningdek, aholi  bandligini taʼminlash, sog‘lig‘ini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.  Oila va xotin-qizlar faoli,  hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyatining samaradorligi, ularning mahalla fuqarolarining og‘irini yengil qilishdagi o‘rni tahlil qilindi.

 



Aloqador xabarlar