Oyoq mushaklari kuchli insonlarda yurak yetishmovchiligi xavfi kamroq

Yaponiyalik tadqiqotchilar oyoq mushaklari kuchli insonlarda yurak xurujidan keyin yurak yetishmovchiligi xavfi kamroq ekanini aniqladilar. Qiziqarli ma’lumotlar dasturining bugungi sonida shular haqida so‘z qilamiz.

1998449
Oyoq mushaklari kuchli insonlarda yurak yetishmovchiligi xavfi kamroq

Yaponiyalik tadqiqotchilar oyoq mushaklari kuchli insonlarda yurak xurujidan keyin yurak yetishmovchiligi xavfi kamroq ekanini aniqladilar. 

***

Natijalari Yevropa Kardiologiya jamiyati (ESC) veb-saytida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, yurak xurujiga uchragan ammo oyoq mushaklari kuchli bo‘lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi xavfi kamroq.

Yaponiyaning Sagamihara universiteti Tibbiyot fakulteti tomonidan olib borilgan tadqiqotda, 2007-2020 yillar oralig‘ida birinchi marta yurak xurujiga uchragan roppa-rosa 932 kishi tekshiruvdan o‘tdi.

Yurak xurujidan keyin kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning “quadriceps” mushak guruhi testi bilan oyoq mushaklari kuchi o‘lchangan tadqiqotda, bemorlarning 481 nafarining mushaklari kuchli, 451 nafarining zaif, 67 nafarining esa o‘rtacha mushak kuchiga ega ekani kuzatildi.

Yurak xurujiga uchragan ilk soniyalardan e’tiboran 4,5 yil davomida tibbiy jihatdan kuzatilgan bemorlarda, yurak yetishmovchiligi darajasi oyoq mushaklari kuchli insonlarda 10,2; oyoq mushaklari zaif insonlarda esa 22,9 ekani aniqlandi.

***

Yevropa Kardiologiya jamiyati (ESC) veb-saytida e’lon qilingan tadqiqot, shuningdek, oyoq mushaklarini kuchaytirilishi bilan yurak yetishmovchiligi o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganib chiqdi.

Natijada esa oyoq mushaklaridagi 5 foizlik yaxshilanish, yurak yetishmovchiligi xavfini 11% ga kamaytirishi aniqlandi.

Sagamihara universiteti Tibbiyot fakultetining Fizioterapiya bo‘limi tadqiqotchilardan Kensuke Uenoning ta’kidlashicha, ushbu tadqiqot yurak xurujidan keyin yurak yetishmovchiligi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlashda samarali bo‘lgan.

Klinik sharoitda oyoq mushaklari kuchini aniq o‘lchash oson ekanini ifoda etgan Ueno, buning yurak xurujiga uchragan bemorlarda yurak yetishmovchiligi xavfini oldini olish, qolaversa davolashga yordam berishi mumkinligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar