Sun’iy intellekt fikr va hissiyotlarnizni boshqarmoqchi

Qiziqarli ma’lumotlar dasturining bu galgi sonida, sun’iy intellektning navbatdagi xususiyati haqida soʻz qilamiz.

1975971
Sun’iy intellekt fikr va hissiyotlarnizni boshqarmoqchi

Texnologiya olamida eng nozik va muhim oʻzgarishlar qayd etilgan sohalardan biri sun’iy intellektdir. Olib borilgan faoliyatlar endilikda, insonlarning haqiqiy fikr yoki hissiyotlarini oʻrganishni va uni boshqarishni koʻzlamoqda.

Texnologiyaning rivojlanishi, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi bilan birma-bir kuzatila boshladik.

Bugungi kunda bizning eng maxfiy jihatlarimizning ma’lumotlar banklarida saqlanishi odatiy holga aylandi.

Bizda faqatgina fikrlarimiz va his-tuygʻlarimiz qolgandi ammo endi ular ham xavfsiz muhitda emas. Chunki bularning barchasi kashf etilmoqchi.

Xoʻsh, sun’iy intellekt buni qanday amalga oshirmoqchi?

Tana tili, yuz mushaklari, koʻz qorachigʻ harakatlari, tovush tebranishlari va hatto gormonlar sekretsiyasi.

Sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bularning barchasini mikro detallargacha oʻrganib, fikr va hissiyotlarning proyeksiyalariga erishishga harakat qilmoqdalar.

Jarayon qanday davom etmoqda?

Katta ilmiy xodim – izlanuvchi Ilke Demir sun’iy intellektning his-tuygʻularni tahlil qilishi sohasida olib borilgan faoliyatlar haqida gapirar ekan uning, hissiyotlarni tushunish uchun koʻplab va turli xil texnikalar qoʻllanilganiga e’tibor qaratmoqda. Ular orasida eng keng tarqalgani “Facion Action Units” (Harakat birliklari) texnikasidir.

Tuygʻular yana bir usulni oʻrganish orqali aniqlanmoqda

Tuygʻularni tahlil qilishda qoʻllaniladigan yana bir usul esa chuqur tarmoq deb nomlangan farqli bir usulni oʻrganish orqali amalga oshirilmoqda.

Chuqur tarmoqlarda baxt, gʻazab, qaygʻu, qoʻrquv kabi his-tuygʻularning tasvirlari oʻrin olmoqda va bu tasvirlar etiketlanadi. Ular chuqur tarmoqqa kiritilgach, nomi tilga olingan tarmoq bu haqida oʻrganishni boshlaydi. Inson esa bundan ta’sirlanmaydi.

Ushbu chuqur sun’iy tarmoqlar rasmlar orqali hissiyotlarning bogʻliqligini tekshirish yoʻli bilan his-tuygʻularni aniqlashi mumkin.

Tizim kelajakda qanday xavflar tugʻdirishi mumkin?

Ushbu tizimlar hozirda ba’zi tadqiqot kompaniyalari va xalqaro shirkatlarning inson resurslari boʻlimlari tomonidan qoʻllanilmoqda.

Ishga qabul qilishda toʻgʻri xodimni topish, haqiqatni oshkor qilish yoki jinoyatchilarni aniqlash kabi jamiyatga foyda keltiradigan maqsadlar haqida gapirilmoqda. Ammo katta savollar ham tugʻilmoqda.

Eng avvalo foydalanish sohalari haqida oʻylash mumkin chunki u, qoʻrqinchli stsenariylarni oʻz ichiga qamrab olmoqda. Tuygʻularga erishgan tizim, sizni bir mahsulot yoki xizmatni xarid qilib olishga osonlik bilan koʻndirishi mumkin.

3-Siyosiy jihatdan his-tuygʻularimiz ustidan yana-da qulay boshqarilamiz. Tizimdan foydalanuvchilar nishonga oluvchi jamoalar yoki mamlakatlarda, yirik ijtimoiy voqealarni yaratish ancha oson kechadi.

Bundan tashqari, his-tuygʻular yoki fikrlar notoʻgʻri aniqlanishi ham mumkin. Natijada inson huquqlari paymoli ham qayd etilish ehtimoli bor.

Yangi psixologlar, sun’iy intellektdan tugʻiladimi?

Sun’iy intellekt bir tomondan his-tuygʻularimizni oʻrganar ekan boshqa jihatdan ularni tuzatishga, ya’ni bizning yangi psixologimiz boʻlishga ham nomzoddir.

Psixiatriya va bioinjeneriya sohasida ishlaydigan olimlar raqamli fenotiplash deb nomlangan tizim yordamida bemorlarni oʻrganishni boshladilar.

Ushbu tadqiqotda, mobil telefonlar kabi shaxsiy qurilmalardan qanday foydalanishimiz va sahifalarni qanday tezlikda varaqlashimiz kabi ma’lumotlarning depressiya tashxisi va uni davolashda yordam berishi mumkinligi iddio etilmoqda.

Inson zehnidagi sirlarning sun’iy intellekt tomonidan ochilishi kutilmoqda, ammo oqibatining nimalar olib kelishi esa hali hanuz noma’lum va uni kelajak koʻrsatadi.



Aloqador xabarlar