Yevroosiyo kun tartibi - 33

Dasturimizning bugungi sonida o‘tgan hafta Turk Respublikalari kun tartibida o‘rin olgan muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

1974271
Yevroosiyo kun tartibi - 33

O‘tgan hafta Turk Respublikalarida muhim tashriflar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Shu doirada 2023-yilning 5-6-aprel kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ldi. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Prezident Aliyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi. Muzokaralardan so‘ng ikki davlat o‘rtasida 14 ta shartnoma imzolandi. Tel-Avivda elchixona ochishi munosabati bilan Eron tomonidan Ozarbayjonga tahdid solgan bayonotlar berilgan shu kunlarda Ozarbayjon Prezidenti Aliyevning Tojikistonga davlat tashrifi uyushtirishi diqqatga sazovordir. Shuni ta’kidlash joizki, keyingi kunlarda Ozarbayjon 4 nafar eronlik diplomatni “istalmagan shaxs” deb e’lon qildi.

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili, 2023-yilning 7-apreli kuni amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi. Bosh vazir Garibashvili Bokuda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida yetakchilar matbuot anjumani uyushtirdi. Garbga birgalikda tabiiy gaz eksport qilayotgan Ozarbayjon bilan Gruziya, endi esa Qora dengiz ostidan elektr energiyasi eksport qilish tafsilotlarini muhokama qilmoqda.

Huddi shu kuni Bokuda, TURKSOYga aʼzo davlatlar UNESCO Milliy komissiyalari 9-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Turk dunyosining moddiy va nomoddiy madaniy merosining dolzarb masalalari muhokama qilingan ushbu yig‘ilishda TURKSOYga a’zo davlatlarning UNESCOdagi matbuot kotibi va vaqtinchalik raislik vazifasi Turkiyadan Ozarbayjonga oʻtdi.

2023-yil 5-aprel kuni Tatariston raisi Rustam Minnixanov bir kunlik tashrif bilan Turkmanistonda boʻlib qaytdi. Rustam Minnixonovning tashrifi doirasida Prezident Serdar Berdimuhamedov, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan alohida-alohida uchrashdi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va hamkorlikning yangi imkoniyatlari qoʻlga olindi. Minnixanov may oyida boʻlib oʻtuvchi “Rossiya-Islom olami: Qozon forumi”ga Turkmaniston Prezidentini taklif qildi.

Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqi rahbari Rifat Hisarjiklioʻgʻlu 2023- yilning 5-apreli kuni Turkmanistonga bordi. Hisarjiklioʻgʻlu poytaxt Ashxobodda Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Serdar Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvlarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish salohiyatiga to‘xtab o‘tilib, Turkmanistonda kichik va o‘rta tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirish, ularning xalqaro maydonga integratsiyasini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar har tomonlama muhokama qilindi.

2023-yil 7-aprel kuni Istanbulda Turkiya Savdo-sanoat palatasining birinchi Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Turk Davlatlari Tashkiloti Bosh kotibi, Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqi rahbari, Turkiya investitsiya jamg‘armasi rahbari, Savdo va sanoat palatasi raislari bilan Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlar nomidan bir guruh hay’at va kuzatuvchilar ishtirok etdi. Yig’ilishda Turkiya Savdo va sanoat palatasining yillik hisoboti taqdim etildi. Aʼzo va kuzatuvchi davlatlar nomidan kelgan hay’atlar Rifat Hisarjiklioʻgʻluni Turk Savdo va sanoat palatasi raisi, Adem Kulani esa Bosh kotib etib sayladi. Yigʻilish paytida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Turk Savdo va sanoat palatasiga kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Keyingi yigʻilishni Qozog‘istonda o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.



Aloqador xabarlar