10 yil ichida uy ishlarining 39 foizini robotlar qiladi

Qiziqarli ma’lumotlar dasturining bu galgi sonida 10 yil ichida kundalik hayotimizdagi robotlarning o‘rni haqida so‘z qilamiz.

1972334
10 yil ichida uy ishlarining 39 foizini robotlar qiladi

Angliyaning Oxford universiteti bilan Yaponiyaning Ochanomizu universiteti o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 10 yil ichida uy ishlarining 39 foizi robotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ikki universitet tadqiqotchilari 65 sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha mutaxassisdan 10 yil ichida uy ishlaridagi avtomatlashtirish kuchi qanday shakllanishi haqidagi fikrlarini so‘radilar. Tadqiqotda 29 nafari Buyuk Britaniyadan, 36 nafari Yaponiyadan jami 65 kishi ishtirok etishdi.

PLOS One jurnalida chop etilgan tadqiqotda qayd etilishicha mutaxassislar, “avtomatlashtirishdan eng ko‘p ta’sirlanadigan ish, savdo-sotiq”, - degan fikrda.

Yoshlar va keksalarga g‘amxo‘rlik qilish esa, sun’iy intellekt texnologiyalaridan eng kam ta’sirlanadigan yumushdir.

Savdo-sotiqqa ajratiluvchi vaqt 60 foizga kamayadi

Tadqiqotchilar, britaniyalik erkak mutaxassislarning ayol hamkasblariga qaraganda uy ishlarini avtomatlashtirishga ko‘proq qiziqqani, Yaponiyada esa bu holatning aksi kuzatilganini qayd etdi.

Ammo mutahassislar, avtomatlashtirish kuchi bilan amalga oshiriluvchi vazifalar har xil ekanini ifoda etmoqda.

Oxford universitetining doktorlikdan keyingi bosqich tadqiqotchisi Lulu Shi “Bolalarga ta’lim berish, ularni parvarishlash kabi yumushlarning faqatgina 28 foizi avtomatlashtiriladi”,-dedi.

Boshqa jihatdan esa mutahassislar, “texnologiya oziq-ovqat xarid qilish uchun sarflanadigan vaqtni 60 foizga qisqartadi”.-degan fikrda.

Ammo, “robotlar insonlarni o‘n yil ichida uy ishlaridan ozod qiladi” degan tahminlar yangilik emas.

Buyuk Britaniyada mehnatga layoqatli erkaklarning qariyb yarmi, uy ishlarini, mehnatga layoqatli ayollardek bajarmoqda. Yaponiyada esa erkaklar uy yumushlariga kamroq aralashmoqda.

Oxford universitetida sun’iy intellekt va jamiyat sohasida faoliyatlar yuritgan, shuningdek, tadqiqot mualliflaridan ham biri bo‘lgan dotsent doktor Yekaterina Xertogning taʼkidlashicha, uy yumushlarining ayollar zimmasiga yuklangan nomutanosibligi ularning daromadi, jamgʻarmasi va pensiyaga chiqishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Shu bois ham tadqiqotchilar, avtomatlashtirishning kuchayishi gender tengligini oshirishga olib kelishi mumkinligini qayd etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #tadqiqot , #robotlar , #uy ishlari

Aloqador xabarlar