Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini baxtli ko‘rsatish, «O‘rdak sindromi».

O‘rdak sindromi, ijtimoiy tarmoqlarda insonlar namoyish etgan kamchiliksiz hayot bilan haqiqiy hayot o‘rtasidagi farqni ochib beradi.

1939567
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini baxtli ko‘rsatish, «O‘rdak sindromi».

Bugungi kunda deyarli hamma ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda. Insonlarning boshqalari tomonidan yoqtirilish istagi esa tabiiy holdir. Bo‘lishgan postlarimizda hammamiz mukammal bo‘lishni xohlaymiz va boshqalari ajoyib deb o‘ylagan kadr yoki manzaralar ichiga shumg‘ib ketamiz. Xo‘sh, hamma ijtimoiy tarmoqlarda aks ettirilganidek baxtlimi yoki shunchaki baxtlidek ko‘rinyaptimi? Bu savolning javobi uchun O‘rdak sindromi bilan tanishaylik.

Ijtimoiy tarmoqlarni ko‘zdan kechirar ekansiz, “Insonlar hayoti qanchalik mukammal” degan fikrga borib, o‘zingizni ular bilan solishtirasizmi?

Tashqaridan mukammaldek ko‘ringan insonlar ham aslida hamma bilan birdek. Xo‘sh, unda nima uchun o‘zini baxtlidek, benuqsondek ko‘rsatmoqda?

Ijtimoiy tarmoq tadqiqotchilari ushbu xodisani o‘rganib, unga “O‘rdak sindromi” deb nom berishibdi. Ya’ni, buni, insonlarning ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy hayotlaridan farqli ko‘rinishi deb ifodalash mumkin.

Eng avvalo Stenford universiteti tomonidan qayd etilgan O‘rdak sindromi, talabalarning har qanday qayg‘u, ruhiy tushkunlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik tashvishlariga qaramay tashqaridan xotirjam ko‘rinish qobiliyatini ifodalash uchun ishlatilgan.

Xo‘sh, nima uchun o‘rdak? Siz, hech, o‘rdaklarga e’tibor berganmisiz?

Ko‘pchiligimiz o‘rdaklarning xuddi raqsga tushayotgandek suzishlarini tomosha qilib, hayron qolgandirmiz. Suv sathida hech qanday muammosiz, bemalol suzib yurgandek ko‘ringan o‘rdaklarning panjalari aslida, suv ostida katta kuch ve energiya sarflaydı. Ular, suv ostida huddi motordek, tinimsiz harakat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda insonlar o‘zini qanday ko‘rsatishni xohlasa, ana shunday postlar tayyorlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar, hamma narsa shunchaki paydo bo‘lgandek taassurot qoldirishga mos muhitdir. Shu bois, insonlar ham shunday qiladilar.

Insonlar haqiqatdan ham ko‘ringanidek baxtli, boy, muvaffaqiyatli yoki mukammalmi? Javobi hammamizga ma’lum: Ya’ni, unday emas.

Insonlar bugungi kunda, “mukammal bo‘lishga majburlovchi, mukammal bo‘lmaganni chetga chiqaruvchi” olamga moslashish uchun shakldan shaklga o‘tishga majbur qolmoqda. Ammo bu bizning psixologiyamizga qanchalik yomon ta’sir qilishini bilamizmi?

O‘rdak sindromi bilan og‘rigan insonlar eng ko‘p boshqalaridan ta’sirlanmoqda. Boshqalarini o‘ylab, hayotdan zavq olish esa judayam murakkab. Ushbu sindrom insonda ko‘proq tashvish va depressiyani keltirib chiqarishi mumkin. Agar siz ham shunday muammolarga duch kelyapman deb o‘ylasangiz, unda, psixologdan yordam olish hayotingizni qulaylashtiradi. Chunki hech kim ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilganidek muakammal emasdir.

Hech kimning hayoti, suv ustida raqs tushayotgandek ko‘ringan o‘rdaklardek ajoyib emas. O‘zingizni boshqalari bilan solishtirish esa - o‘zingiz uchun qilgan eng katta yomonlikdir.

 



Aloqador xabarlar