Yevrosiyo kun tartibi - 20

Dasturimizning bugungi sonida Türkiyening Yevrosiyo davlatlari bilan bo‘lgan munosabatlari o‘tgan yili qanday kechgani haqida so‘z qilamiz.

1931241
Yevrosiyo kun tartibi - 20

2022-yilda Türkiye Respublikasi Prezidenti Yevroosiyoning ko‘plab davlatlariga tashrif uyushtirdi. Shunday ekan keling, navbatma - navbat ushbu tashriflarni ko‘rib chiqaylik.

2022-yilning 3-fevrali kuni Türkiye Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Türkiye-Ukraina Oliy darajadagi Strategiya kengashining o‘ninchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Kiyevga bordi. Yig‘ilish ortidan 8 ta shartnoma imzolandi. Prezident Erdo‘g‘an 18-avgust kuni bir kunlik tashrif bilan Ukrainada bo‘lib qaytdi.

Prezident Erdo‘g‘an 2022-yil 29-30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar yakunida 9 ta shartnoma imzolandi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 2022-yil 28-may kuni Ozarbayjonga bir kunlik rasmiy tashrif uyushtirdi. Prezident Erdo‘g‘an, 20-oktabr kuni bir kunlik tashrif bilan yana Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Ikki davlat Prezidentlari xalqaro “Zangilon” aeroporti va boshqa loyihalarni ochib berdilar.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 2022-yil 5-avgust kuni bir kunlik ish safari bilan Rossiyaga bordi. Unda uyushtirilgan ikki tomonli uchrashuvda o‘zaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 2022-yil 15-16-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlarining 22-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘an 2022-yil 12-oktabr kuni davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi. Muzokaralar yakunida 6 ta shartnoma imzolandi. Prezident Erdo‘g‘an mazkur tashrifi doirasida VI Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari konferensiyasi sammitida ishtirok etdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 2022-yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turk davlatlari tashkilotining IX sammitida ishtirok etdi.

2022-yilning 14-dekabri kuni Turkmanistonning Avaza turizm mintaqasida Ozarbayjon, Türkiye va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit yakunida 5 ta shartnoma imzolandi. 25 ta maqoladan iborat qoʻshma bayonot eʼlon qilindi.

Türkiye va Qirg‘iziston prezidentlari 18 -dekabr kuni Jahon futbol turniri final o‘yini uchun borgan Qatarda uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir turli masalalar qo‘lga olindi.

2022-yilda Yevroosiyo davlatlaridan Türkiyega uyushtirilgan yuqori darajadagi tashriflar ham muhim edi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2022-yilning 10-11-mayi kunlari Türkiyega ilk davlat tashrifini amalga oshirdi. Muzokaralar yakunida 15 ta shartnoma imzolandi.

2022-yil 11-13-mart kunlari boʻlib oʻtgan II Antaliya diplomatiya forumida Yevroosiyo geografiyasidan Afgʻoniston, Qozogʻiston va Ukrainaning sobiq prezidentlari, Gagauz avtonom viloyati prezidenti, Ozarbayjon vitse-prezidenti, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Armanistondan Türkiyega yuqori darajadagi tashrif 2008-yildan buyon birinchi marta yuqorida nomi tilga olingan forum munosabati bilan amalga oshirildi.

2022-yilning 29-sentabridan 2-oktabriga qadar Türkiyening Iznik shahrida IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Uning ochilish marosimida Türkiye, Qirg‘iziston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Tatariston Prezidentlari, Qozog‘iston majlis raisi ishtirok etdi.

Yuqorida qayd etilgan tashriflardan ham ko‘rib turilganidek ham diplomatik, ham da iqtisodiy munosabatlar, energiya yetkazib berish va mudofaa sohalarida mintaqa davlatlari bilan hamkorlik jihatidan 2022-yili Türkiye uchun muhim yil bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Tanlangan kalimalar: #2022-yil , #Türkiye , #Yevroosiyo

Aloqador xabarlar