Yevrosiyo kun tartibi - 19

Dasturimizning bugungi sonida 2022 - yil Yevrosiyoda qanday o‘tgani haqida so ‘z qilamiz.

1928434
Yevrosiyo kun tartibi - 19

2022 - yilning eng muhim voqeasi Rossiya - Ukraina urushi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rossiya 24 - fevral kuni Ukrainaga hujum qildi. Ortda qolgan 10 oyda nizolar va hujumlar yuzasidan mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumdi. Millionlab inson o‘z uy - joyini va yurtini tark etishga majbur bo‘ldi. Rossiya armiyasi hujumlari oqibatida Ukraina vayronaga aylandi. Xalqaro maydonda ochiq-oydin qutblashish paydo bo‘ldi. Jahon iqtisodiyoti urushdan qattiq va salbiy ta’sir ko‘rdi. Eng yomoni, Rossiya-Ukraina yoki Rossiya-G‘arb urushi tez kunlarda tugaydigandek emas.

Qozog‘iston va Turkmanistonda 2022-yilda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. 12-mart kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Serdar Berdimuhamedov g‘alaba qozondi. 2022-yil 20-noyabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida esa Qasim - Jomart Toqayev yana yetti yilga prezident etib saylandi. 5-iyun kuni esa Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Yanvar oyida Qozog‘istonda ro‘y bergan voqealar mazkur referendum va Prezident saylovining uyushtirilishiga sabab bo‘ldi.

Tojikiston hujumlari natijasida sentabr oyida tojik-qirg‘iz chegarasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. O‘nlab insonning umriga zomin bo‘lgan urush ortidan Tojistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida norozichilik namoyishlari uyushtirildi. Qirgʻiziston bilan Oʻzbekiston davlat chegaralarini belgilash boʻyicha kelishib olganini eʼlon qildi.

2022-yil 22-dekabrda Qozog‘iston va O‘zbekiston tarixiy ittifoq shartnomasini imzoladi. Ushbu kelishuv, Turk Respublikalarining integratsiyasi nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega.

Bu yil Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatish va Qorabog‘ni qayta tiklash uchun muhim qadamlar tashlandi. Yevropa davlatlari Janubiy Kavkaz, xususan, Ozarbayjon bilan munosabatlarini yaxshilash uchun shartnomalar imzoladi. Ozarbayjon, Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarga energiya yetkazib berishni ikki barobarga oshiradi.

O‘tgan 2022-yili Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti kabi mintaqaviy tashkilotlarning davriy yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 24-noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitining yakuniy deklaratsiyasini imzolamadi.

16-18 iyun kunlari Boku shahrida IX Global Baku forumi bo‘lib o‘tdi. 29-iyun kuni Ashxobodda Kaspiy dengizi bo‘yidagi davlat rahbarlarining VI sammiti uyushtirildi. 21-iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida Markaziy Osiyo respublikalari Prezidentlarining IV Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 13-oktabr kuni Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha 6-sammit o‘tkazildi.

2022-yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida Turk davlatlari tashkilotining 9-sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, tashkilotga, kuzatuvchi sifatida qabul qilindi.

2022-yilning 14-dekabr kuni Turkmanistonning Avaza turizm mintaqasida Ozarbayjon, Turkiya va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tdi.

Yuqorida qayd etilganidek 2022-yili Yevrosiyo geografiyasi, dunyo kun tartibini belgilab beruvchi mintaqa bo‘ldi.



Aloqador xabarlar