Bularni bilasizmi-52

Turkiyaning eng katta ochiq bozori Izmirning Tire tumanida tashkil etilganini bilasizmi?

1872865
Bularni bilasizmi-52

 

Bundan 600 yil muqaddam Izmir viloyatining Tire tumanida tashkil etilgan Turkiyaning eng yirik ochiq bozori nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda mashhur.

Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Tire bozori hajmi va xilma-xilligi bo'yicha dunyoda Qirg'izistondan keyin ikkinchi o'rinda turadi.

Tire aholisi nafaqat atrofdagi qishloqlar va shaharlardan kelganlarni, balki butun dunyodan kelgan sayyohlarni kutib oladi.

Tire bozori har seshanba kuni karnaylardan o‘qiladigan “bozor duosi” bilan ochiladi va o‘z rastalarini o‘rnatgan qishloq aholisi mo‘l-ko‘llik va unumdorlik uchun shukronalar keltirib, rizq tilab duo qiladi.

Agar yo’lingiz Izmir shahriga tushadigan bo’lsa, albatta Tire bozorini uchrashni unutmang. Unda tabiiy pishloqlar, qatiqlar, mazali hidlar orasida sayr qilasiz. Tabiiy sariyog', zaytun, zaytun moyi, sovun va boshqa sizga kerak bo’lgan barcha tabiiy vositalarni xarid qilishingiz mumkin. Bu yerda siz nafaqat oziq-ovqat, balki kiyim-kechak, poyabzal, taqinchoq va shisha idishlarni ham topishingiz mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tire bozori

Aloqador xabarlar