Yevrosiyo kun tartibi-49

Dasturimizning bugungi sonida Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvilining O‘rta Osiyo Respublikalariga uyushtirgan tashrifi va Gruziya-O‘rta Osiyo Respublikalari munosabatlaridagi oxirgi vaziyat haqida soʻz qilamiz.

1863625
Yevrosiyo kun tartibi-49

Iyul oyining ikkinchi yarmida Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘istonda bo‘lib qaytdi. Shu doirada, 2022-yil 18-iyul kuni Irakliy Garibashvili O‘zbekistonga keldi. Garibashvili u yerda avvalom bor, “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Keyinroq Garibashvili bilan unga hamrohlik qilgan hay’at, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqariladigan texnoparkga tashrif buyurdi.

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili 2022-yilning 19-iyuli kuni o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan o‘zaro va hay’atlararo uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu uchrashuvlarda asosan iqtisodiy aloqalar qo‘lga olindi. Tomonlar O‘zbekiston mahsulotlarini Gruziya portlari orqali Yevropaga eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Huddi shu kuni Irakliy Garibashvili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashdi.

Ular koʻplab sohalarda, xususan, savdo, transport va logistika sohalarida qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini qo‘lga oldilar. Rasmiy tashrif doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Oʻzbekiston-Gruziya hukumatlararo komissiyasi yigʻilishini oʻtkazish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha, “Yoʻl xaritasi”ni qabul qilish ustidan kelishuvga erishildi.

Gruziya Bosh vaziri Garibashvili, O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi ortidan 19-iyul kuni Turkmanistonga bordi. Gruziya Bosh vaziri 2022-yil 20-iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Liderlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, qoʻshma loyihalar va Gruziya bilan Turkmanistonning tranzit salohiyati kabi masalalarni muhokama qildilar. Unda energetika sohasidagi strategik sheriklik masalasi ham qo‘lga olindi.

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili 2022-yil 26-27-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Gruziya Bosh vaziri Garibashvili 27-iyul kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi. Ular transport, logistika, savdo va turizm sohalarida ikki tomonli hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildilar. Huddi shu kuni Irakliy Garibashvili Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov bilan o‘zaro va hay’atlararo uchrashdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik, oʻzaro sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini oshirish, ikki davlatning turizm salohiyatini rivojlantirish, yangi aviaqatnovlar ochish va madaniy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida iqtisodiyot va transport sohasida institutlararo hamkorlik boʻyicha ikkita anglashuv memorandumi hamda 2023-2026-yillari Qozogʻiston va Gruziya oʻrtasidagi savdo aylanmasini kengaytirish boʻyicha yoʻl xaritasi imzolandi.

Gruziyaning O‘rta Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirmoqchi ekani bejiz emas. Chunki bugungacha ko‘proq Yevropa bilan bo‘lgan munosabatlarga e’tibor qaratib kelgan Gruziya, rivojlanayotgan Osiyo bilan ham shu paytgacha e’tibordan chetda qolgan munosabatlarini rivojlantirishi lozim. Rossiya-G‘arb munosabatlarining yomonlashuvi Sharq-G‘arb transportida Gruziyaga katta imkoniyatlar yaratadi. Gruziya Turkiya va Qora dengiz orqali G‘arbning asosiy darvozasiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi emas. Shu bois Garibashvili, O‘rta Osiyoga tashrifi chog‘ida o‘z mamlakatining tranzit salohiyatidan foydalanishni taklif qildi. Xalqaro transport tarmog'ida O‘rta koridorning rivojlantirilishi Turk dunyosi manfaati uchundir.



Aloqador xabarlar