Turkiya qanday qilib Kiprda tinchlik o‘rnatdi?

Turkiya bundan qirq sakkiz yil muqaddam qanday qilib Kiprda tinchlik o‘rnatdi?

1857459
Turkiya qanday qilib Kiprda tinchlik o‘rnatdi?

Harbiy amaliyot, kiprlik turklar qonini oqitgan va Gretsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qatliomni yer bilan yakson qildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) har yili 20-iyulni, Tinchlik va erkinlik kuni sifatida nishonlamoqda.

Chunki 1974-yilning 20-iyuli, orolda avj olgan dahshatdan kiprlik turklarni himoya qilish maqsadida Turkiya tomonidan keng ko‘lamli uyushtirilgan harbiy mudoxala, boshqacha qilib aytganda Kipr Tinchlik harakati boshlatilgan kundir.

Chorshanba, kiprlik turklarni ommaviy qatliomdan qutqargan va orolning ikki xalq asosidagi mustaqilligini saqlab qolib, Kiprning Gretsiya tarkibiga kirishiga monelik qilgan amaliyotning 48-yilligi.  

Kipr Respublikasi, 1960-yilning 16-avgusti kuni teng huquqqa ega ikki xalq asosida tashkil topdi.

Ham Turkiya ham da kiprlik turklar, respublikani ilk kundan e’tiboran katta xursandchilik bilan qarshi oldilar lekin Kiprning grek qismi Prezidenti Bashpiskopos Makarios, respublikaning Enosis (Gretsiya bilan birlashish) tomonida faqatgina bir qadam borligini aytgach ishlar ostin-ustun bo‘lib ketdi.  

Kiprlik greklar, 1963-yilning 21-dekabri kuni kiprlik turklarni yo‘q qilish va 48 soat ichida butun orolni o‘z nazoratiga olishni ko‘zlagan Akritas rejasini boshlatdi ammo kiprlik turklar ushbu zulumga qarshilik ko‘rsatdi.

Kafil davlat bo‘lgan Turkiya, BMT va xalqaro hamjamiyatni 11 yil davomida chora ko‘rishga chaqirdi lekin natija bermadi. Kiprlik greklar 1974-yilning 15-iyulida, “ikkinchi qatliomni amalga oshirishni ko‘zda tutgan” Ifestos rejasini ishga tushirdilar.

1974-yil 15-iyulda grek xuntasi bir davlat to‘ntarishi ortidan Makariosni ishdan bo‘shatdi va Turkiya Gretsiya va Angliya bilan muzokaralar boshlatdi.

Muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Turkiya 20-iyul kuni orolga qadam bosdi va konstitutsiyaviy tuzumni qayta tiklashga chaqirdi.

1974-yildagi Kipr Tinchlik harakati faxriysi Yilmaz Bora, Anado‘lu agentligiga bergan bayonotida, “Agar amaliyot uyushtirilmaganida, Kipr turklari qatd qilinar edi”.-dedi.

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (ShKTR), ona vatanimiz yordamida abadiy yashashiga ishonchim komil”.

Qirq yil o‘tib Shimoliy Kipr Turk Respublikasi yetakchiligi, davlatlarining, xalqaro hamjamiyat tomonidan ataylab tan olinmaganini va taqdirini noma’lumlik ichida ushlab turganini angladi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘lu TRT World telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida, ShKTRning yagona davlat asosidagi yechimga ishonmaganini chunki, kiprlik greklarning, kiprlik turklarga teng huquqli sherik sifatida muamola qilmaganini qayd etdi.

Ertug‘ruo‘g‘lu, “Biz sheriklik variantini sinab ko‘rdik, foydasi bo‘lmadi. Nega? Chunki kiprlik greklar, kiprlik turklarning o‘zlari bilan teng huquqqa ega ekanini qabul qila olmadilar”.-dedi.

“Sheriklik asosida respublika formulasi sinab ko‘rildi va ijobiy natija bermadi. Chunki narigi tomondagi sherik, buning foyda olib kelishini xohlamadi”.

Anqara, kiprlik turklar xavfsizligini ta’minlash uchun oroldagi harbiy o‘rnini saqlab qolmoqda.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga ko'ra, BMT ham boshqa xalqaro tashkilotlar kabi yechimdan emas muammoning bir qismi bo'lishni afzal ko'rgan. Chunki BMT, 1974-yili Turkiya tomonidan amalga oshirilgan operatsiyani mojaroning manbai sifatida ko‘rib, Kipr muammosini noto‘g‘ri tashxis etdi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, 1974-yilda “Turkiya harbiy amaliyoti” boʻlib oʻtganiga hamma rozi boʻlsa-da, xalqaro hamjamiyat buni kiprlik turklarning siyosiy huquqlarini poymol qilgan  rumlar  tomonidan qoʻzgʻatilganiga eʼtibor bermaydi.

TRT World telekanaliga bergan intervyusida Ertug'rulo'g'li, orolning uch asrdan ortiq vaqtdan beri Usmonlilar hukmronligi ostida qolganiga diqqat qaratib, "Turkiya bu orolning Grek oroli bo'lishiga hech qachon va hech qachon ruxsat bermaydi" dedi.

“Biz bu orolga Oydan kelganimiz yo‘q. Ota-bobolarimiz bu yerga Anadoludan kelgan. Biz Kipr orolida yashayotgan turklarmiz. Kipr degan xalq yo'q. Kipr yunon yoki turkiy, yoki arman yoki maronit ozchilik millatlari bor”.

"Biz chiqishga qo'rqardik"

1947 yilgi Kipr Tinchlik operatsiyasi faxriylaridan O’mer O’zyildirim, bu operatsiyadan oldin juda yomon sharoitlarda yashaganliklarini aytdi.

O'zyildirim, Anadolu agentligiga bergan intervyusida, “ Rumlar 1963-1974 yillar oralig'ida qishlog'imizdan odamlarni olib, hammasini o'ldirdi. Biz tashqariga chiqishga qo'rqardik. Amaliyot

oldidan qurollarimizni BMT Tinchlikparvar kuchlari askarlariga topshirdik, BMT Tinchlikparvar kuchlari esa qurollarimizni Gretsiya politsiyasiga berdi”, dedi u.

O'zyildirim, orol xavfsizligi haqida gap ketganda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvar kuchlari va AQShga ishonmasligini ham qo'shimcha qildi.

“Men faqat Turkiya qurolli kuchlariga ishonaman. Turk askarlari orolda qolishlari kerak, agar ular ketsa, biz tugaymiz”.

Kipr muammosi bu strategik Sharqiy O'rta yer dengizi orolida yashovchi ikki xil diniy va etnik jamoalar bo'lgan kiprlik turklar va  rumlar  o'rtasidagi uzoq davom etgan siyosiy ziddiyatdir.

Kipr turklari munozarali orol maqomi bo‘yicha o‘nlab yillar davom etgan siyosiy boshsizlikdan so‘ng yagona davlat qaroriga ishonmayapti. Yagona davlat yechimi 1960-yildan beri Kipr Respublikasi ikki jamoa va ikki mintaqaning birlashmasidan tashkil topgan paytdan beri xalqaro hamjamiyat tomonidan dikte qilingan siyosiy formula sifatida tanilgan.

Kipr operatsiyasining yana bir faxriysi Besim Faruk Jan Anadolu agentligiga bergan intervyusida, “Kiprda federal yechimni qo’llab-quvvatlamayman. Ikki jamoa birga yashasa, bu falokat bo‘lardi”, - deydi u.

“Kipr turklari va yunonlarning birga yashashi mumkin emas. Biz ham shimolda yashaymiz va hech qanday muammo bo'lmagan.

“Kipr turklari va  rumllarning birga yashashi mumkin emas. Biz ham shimolda yashaymiz va hech qanday  bir muammo yo‘q edi”.

 

 

 



Aloqador xabarlar