O’zbekiston xabarlar 12-qism

Oʼzbekiston delegatsiyasi rahbari oʼz nutqida forum ishtirokchilari eʼtiborini Orolboʼyi mintaqasidagi muammolarni ma'lum qildi.

1852709
O’zbekiston xabarlar 12-qism

 

Joriy yilning 2-4 iyul kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʼrinbosari Sodiq Safoev hamda Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʼmitasi raisi Dilorom Fayzievadan iborat Oʼzbekiston parlament delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida boʼlib oʼtgan YeXHT Parlament Аssambleyasining yozgi sessiyasida ishtirok etdi.

Oʼzbekiston delegatsiyasi rahbari oʼz nutqida forum ishtirokchilari eʼtiborini Orolboʼyi mintaqasidagi muammolar, Oʼzbekiston hukumati tomonidan mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash boʼyicha amalga oshirilayotgan keng koʼlamli chora-tadbirlarga qaratdi, Prezident Shavkat Mirziyoevning Markaziy Osiyoning dolzarb ekologik muammolarini hal qilishda xalqaro tashkilotlarni jalb etish borasidagi tashabbuslarini alohida taʼkidladi.

Bundan tashqari, Qozogʼiston delegatsiyasi bilan birgalikda Orol dengizi muammosi boʼyicha qoʼshma bayonot YeXHTning rasmiy tillarida tarqatildi. Oʼzbekiston tomoni BMT Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan sogʼliqni saqlash tizimining yangi metodologiyasini ishlab chiqish va Orolboʼyi aholisiga tibbiy yordam koʼrsatishga qaratilgan yangi loyihani ishga tushirish tashabbusini ham ilgari surdi. Mamlakatimizning 2023 yilda Oʼzbekistonda YeXHT Parlament Аssambleyasining kuzgi sessiyasini tashkil etish toʼgʼrisidagi taklifi yana bir bor tasdiqlandi.

Shuningdek, delegatsiya YeXHT PАning doimiy qoʼmitasi hamda siyosiy va xavfsizlik masalalari, iqtisodiy masalalar, fan, texnika va atrof-muhit masalalari, demokratiya, inson huquqlari va gumanitar masalalar boʼyicha qoʼmitalari yigʼilishlarida ham ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilari Oʼzbekiston va Qozogʼiston tomonidan ilgari surilgan «BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining YeXHT tomonidan amalga oshirilishi» qoʼshma rezolyutsiyani qoʼllab-quvvatladi. Hujjat barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish, inklyuzivlikni oshirish va gender tengligini taʼminlash, BRMni milliy mexanizmlar, jarayonlar va tizimlarga joriy qilish boʼyicha tavsiyalarni oʼz ichiga olgan

Markaziy Osiyoning ikki davlati – Oʼzbekiston va Qozogʼiston YeXHT PА doirasida birinchi marta ilgari surilgan qoʼshma rezolyutsiyaning qabul qilingani Prezident Shavkat Mirziyoev olib borayotgan yangilangan tashqi siyosat samarasida mintaqada yuzaga kelgan yangi voqelikni ifodaladi.

Shuningdek, tadbir doirasida YeXHT PА raisi Margareta Sederfelьt, YeXHT PА bosh kotibi Roberto Montella, YeXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo boʼyicha maxsus vakil Pia Kauma, YeXHT yuqori darajadagi ekspert, elchi Lamberto Zannier bilan uchrashuvlar boʼlib oʼtdi. Tadbirlarda Oʼzbekiston tomonidan ekologik muammolarni hal qilish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash boʼyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga yuqori baho berildi.

YeXHT rahbariyati Oʼzbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar boʼyicha oʼtkaziladigan referendumga kuzatuvchilar delegatsiyasini yuborishga tayy



Aloqador xabarlar