Xush kelibsan ulugʻ Ramazon

Bugun Türkiyeda ulugʻ Ramazon oyining birinchi kuni.

1805659
Xush kelibsan ulugʻ Ramazon

Mana bugun, butun dunyo musulmonlari tomonidan sabrsizlik bilan kutilgan ulugʻ Ramazon oyi ham kirib keldi. Bu oyning oʻziga xos hususiyati bordir. Eng avvalo Ramazon oyi Qur’oni Karim nozil qilingan oydir. Bu oyda Islom diniga ishongan moʻmin musulmonlar Ollox rozichiligi uchun roʻza tutib, tarovih namozi oʻqiydi. Bu ulugʻ oyga Paygʻambarimiz salollohu alayhi vasallam, buyuk sahoba va ajdodlarimiz ham katta ahamiyat berganlar. Chunki bu oy Ollox tomonidan biz bandalari uchun yaxshiliklar jamlanib, yomonliklar chetlatilgan kunlarga toʻladir. Shunday ekan butun Islom dunyosini Ramazon oyi bilan tabriklab, bu oyni munosib o’tkazishlarini tilab qolamiz.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #Ramazon oyi , #ulugʻ Ramazon

Aloqador xabarlar