Bularni bilasizmi-30

Istanbul Ayollar muzeyi 2012-yilning 25-sentabri kuni onlayn tarzda ochildi. Ushbu muzey Turkiyaning birinchi, dunyoning esa uchinchi shahar ayollar muzeyi sifatida dunyo standartlaridagi zamonaviy tashkilotdir.

1803197
Bularni bilasizmi-30

Turkiyaning birinchi, dunyoning esa uchinchi shahar ayollar muzeyining, Istanbul Ayollar muzeyi ekanini bilarmidingiz?

Istanbul Ayollar muzeyi 2012-yilning 25-sentabri kuni onlayn tarzda ochildi. Ushbu muzey Turkiyaning birinchi, dunyoning esa uchinchi shahar ayollar muzeyi sifatida dunyo standartlaridagi zamonaviy tashkilotdir.

Hozircha faqatgina onlayn tarzda tomosha qilish imkoni bergan Istanbul Ayollar muzeyi; birinchi ayol xattot, birinchi ayol jurnal nashriyoti, birinchi klassik G‘arb musiqasi ayollar orkestri shefi kabi unitilgan yoki e’tibordan chetda qolgan, o‘tmishdagi va bugungi kundagi kishilarni yodga solgan holda shahar ayollari xotirasini o‘z ichida jamlaydi. Muzeyning onlayn ko‘rgazmasi, tarixi Islom dinini qabul qilishdan oldingi 660-yili, Byzantion nomi bilan boshlagan Istanbulning san’at va madaniy hayotida o‘zidan keyingi ayollar uchun “yo‘l ochuvchi” rol o‘ynagan yoki o‘ynayotgan ayollarning biografiyalariga o‘rin ajratmoqda. Muzey, ayni vaqtda ma’lumot bo‘lishish va muloqat maqsadida madaniy tadbirlar va ijtimoiy javobgarchilik loyihalari ham tayyorlamoqda.  

Xohlaganlar Turkiya yoki dunyoning qaysidir nuqtasidan o‘zlari istagan vaqtda, yakka o‘zi yoki do‘stlari bilan muzey xizmat bergan to‘rt tildan birini tanlab, Istanbul Ayollar muzeyini tomosha qilishi mumkun.  

 



Aloqador xabarlar