Bularni bilasizmi 24-qism

Bir asr davomida Istanbulni yoritish va yoqilg'iga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilgan gaz omborining bugungi kunda madaniyat va san'at markaziga aylantirilganini bilasizmi?

1778064
Bularni bilasizmi 24-qism

 

1891 yili Istanbulda gaz uyi sifatida xizmat qila boshlagan tarixiy Hasanpasha Gazxonasi roppa-rosa 101 yil davomida shaharni yoritishda xizmat qildi. Shuningdek, Istanbulning yoqilg'iga bo’lgan ehtiyojini ta’minladi.

Keyinchalik majmuadagi texnologiya eskirgani sababli,  atrof-muhit va inson salomatligi uchun zararli deb hisoblandi va 1993 yilga uning faoliyati to’xtatildi.

130 yillik tarixi bilan kunimizda Turkiyaning eng muhim sanoat merosidan biri boʻlgan tarixiy bino restavratsiya qilinib muzeyga aylantirildi.

2021-yil 9-iyul kuni ochilgan tarixiy Gazxona muzeyi umumiy maydoni 32 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Majmua tarkibida iqlim muzeyi, multfilmlar va hazil muzeyi, fan markazi, kutubxona, koʻrgazma maydonchalari, oʻquv-mashg’ulot maydonchalari, ikkita teatr va konsert zali hamda kitob doʻkonlari o’rin olgan. Yashil maydonchalari bilan ham diqqatlarni o’ziga jalb qilgan muzey tarkibida chiqindi materiallardan tayyorlangan haykallar ham ziyoratchilar e’tiboriga havola etiladi.

Istanbulning Kadiko'y tumanida joylashgan ushbu tarixiy Gazxona muzeyi barchani kutib qoladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Gazxona muzeyi

Aloqador xabarlar