Bularni bilasizmi 17-qism

Santa Klaus nomi bilan mashhur bo’lgan Aziz Nikolay Antaliyaning Demre tumanida yashaganini bilasizmi?

1752811
Bularni bilasizmi 17-qism

 

Xristianlar uchun yordamsevarlik va kamtarlik ramzi bo'lgan Aziz Nikolay hozirgi Turkiyaning Antaliya shahriga qarashli Kash tumaniga yaqin qadimgi Patara shahrida tug'ilganiga ishoniladi. Keyinchalik u hozirgi Demre deb ataladigan qadimiy Mira shahriga boradi va yosh chog’idayoq episkop maqomiga erishadi.

Yangi yil kirib kelar ekan, u barcha mol-mulkini kambag'allar bilan bo'lishishni afzal ko’radi. Afsonalarga ko'ra, Aziz Nikolay bolalar, kambag'allar, sayyohlar va dengizlarning himoyachisi bo'lgan.

Qadimiy Mira shahrida yashovchi odamlar uning vafotidan keyin Aziz Nikolay xotirasiga atab cherkov qurdiradilar va uning lahadi mangu barhayot bo’lishiga ishonishadi.

Cherkovning devorlariga "Mo''jizalar avliyosi" deb atalgan Aziz Nikolay tomonidan chizilgani taxmin qilingan turli mo’jiza tasvirlari o’rin olgan.

Cherkov vaqt o’tishi bilan Demre soyining toshishi oqibatida ko’chki tagida qolib ketgan bo’lib, u 1956 yilda olib borilgan qazilmalar natijasida yuzaga chiqarilgan. Har yili Aziz Nikolay vafot etgan kun bo’lmish 6-dekabrda xristian pravoslav dinidan ko'plab mehmonlar Demreda to’planib marosim o’tkazishadi.

Ushbu cherkov 1994 yildan beri muzey sifatida xizmat berib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Aziz Nikolay

Aloqador xabarlar