Mavlono Jaloliddin Rumiyni yodga olish haftasi va Shabi arus

Turkiyada 10-17 dekabr kunlari Mavlono Jaloliddin Rumiyni yodga olish haftasi va Shabi arus tadbiri oʻtkaziladi.

1745814
Mavlono Jaloliddin Rumiyni yodga olish haftasi va Shabi arus

Ma’lum boʻlganidek Mavlono Jaloliddin Rumiy Anadoʻluning eng sevimli dinshunosi, buyuk olimi, faylasufi va shoirlaridan biridir. U 1207-yili hozirgi Afgʻoniston hududida joylashgan Balx shahrida tugʻilib, 1273-yili 17-dekabrda Turkiyaning Qoniya shahrida vafot etdi. Rumiyning vafoti, oʻzi vasiyat qilganidek ayrilik emas aksincha, Yaratgan bilan uchrashuv (vuslat) kunidir. Shu bois ham 17-dekabr Mavlononing Yaratgan bilan uchrashuv kuni sifatida nishonlanib, “Shabi arus” deb nomlanib qolgan. Yigʻlashni, xafa boʻlishni man etgan Mavlononing Anadoʻlu ufqida ask etgan soʻzlari bugungi kunimizda nafaqat yurtimizda balki dunyoning toʻrt burchagida yangramoqda. Shuning uchun ham har yili, 17-dekabr kuni Qoniyada uyushtirilgan Shabi arus marosimlariga, dunyoning toʻrt burchagidan minglab inson kelib, Rumiy merosining ahamiyatini qoʻlga olgan turli uchrashuvlarda ishtirok etmoqda. Shunday ekan biz ham, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining Tashqi xizmati qoshidagi Turkiya ovozi radiosining oʻzbekcha boʻlimi nomidan, dunyoga terang nigoh bilan nazar tashlagan, insonni qanday boʻlsa shundayligicha oʻrgangan, eng muhimi, insonni ulugʻlagan Mavlono Jaloliddin Rumiyni “Shabi arus” kunida hurmat va ehtirom ila yodga olamiz.



Aloqador xabarlar