Bularni bilasizmi 13-qism

Turkiyaning Sharqiy Qora dengiz mintaqasida joylashgan bir qishloqda mukofotga sazovor boʻlgan muzey borligini bilasizmi?

1739164
Bularni bilasizmi 13-qism

 

Sharqiy Qora dengiz mintaqasidagi Bayburt viloyatida joylashgan, ilgari Baksi nomi bilan mashhur boʻlgan Bayraktar qishlogʻida meʼmoriy dizayni, tabiati va gʻayrioddiy loyihalari bilan diqqatni o’ziga tortadigan muzey bor.

Shahar markazidan 45 kilometr uzoqlikdagi Cho’ruh vodiysiga qaragan tepalikda rassom va akademik professor Husamettin Kochan tomonidan asos solingan Baksi muzeyi 2010 yilda ochilgan.

Me'moriy tuzilishi va joylashuvi bilan "favqulodda muzey" sifatida mashhur bo'lgan Baksi muzeyi ko'rgazma zallari, o'quv ustaxonalari, ombor muzeyi, konferentsiya zali, mehmon uyi, qadimiy masjid va kutubxonasi bilan ham diqqatni o’ziga jalb qiladi.

Zamonaviy va an'anaviy san'atni o’zida mujassam qilgan muzey mahalliy aholiga ta'lim olish va ish bilan ta'minlash imkonini ham beradi.

Bundan tashqari, viloyatdagi iqtidorli bolalarni aniqlash, stipendiyalar bilan ta’lim olishiga hissa qo‘shish orqali ayniqsa, dizayn, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirmoqda.

An’anaviy madaniyatni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan, ayniqsa ayollarni ish bilan ta’minlash loyihalarini hayotga tatbiq etgan Baksi muzeyi 2014-yili Yevropa Kengashi muzey mukofoti va Turkiya Buyuk Millat Majlisi faxriy mukofoti bilan taqdirlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Baksi muzeyi , #Turkiya

Aloqador xabarlar