Bularni bilasizmi 10-qism

Izmirning Bergama tumani tarixdagi eng qadimiy madaniyatlardan biriga poytaxt bo'lganini bilasizmi?

1730775
Bularni bilasizmi 10-qism

 

Izmirdan 130 km shimolda joylashgan Bergama tumani dunyodagi eng qadimiy madaniyatlardan Pergamon qirolligining poytaxti bo’lgan. 8500 yillik tarixga ega Bergama tarix davomida oʻnlab madaniyatlarga mezbonlik qilgan.

Tarixiy nomi Pergamon bo'lgan qadimiy shahar, barcha qiyinchiliklarga qaramay, muvaffaqiyatli shaharsozlik bilan tik bir tepalikka o'rnatildi va muhim aholi punktiga aylandi.

U 10 000 oʻrinli teatri, tik qiyalikda joylashgan tuzilishi va koʻchma sahna binosining Dionis ibodatxonasiga ulanishi bilan eng mashhur qadimiy antik teatrlar qatoriga kiradi.

Ellinizm davrda suv ta'minoti uchun qurilgan 45 km uzunlikdagi suv quvuri o'sha davr uchun katta me'morchilik yutug'i edi.

2014-yilda Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan Bergama tarix mobaynida turli  bosqinlarga uchrab vayron boʻlgan.

Shunga qaramay, u strategik hududda joylashganligi sababli doimiy aholi yashash joyi bo’lib kelgan va tarix sahifalarida hech qachon yo'qolmagan.

          


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Izmir , #Bergama

Aloqador xabarlar