Yevroosiyo kun tartibi-8

Dasturimizning bugungi sonida Janubiy Kavkazdagi oxirgi vaziyatlar haqida soʻz qilamiz.

1722954
Yevroosiyo kun tartibi-8

Ozarbayjon gʻalabasi bilan yakunlangan 44 kunlik Qorabogʻ urushidan bir yil oʻtdi. Janubiy Kavkazdagi muammolar esa hali toʻliq hal qilinmadi. Shu bilan birga oxirgi vaqtlarda bu borada ba’zi muhim muzokaralar oʻtkazilayotgani anglashilmoqda. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi sonida shular haqida gap qilaylik.

Joriy yilning 12-oktabrida Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Moskvada uchrashdi. Ushbu uchrashuv ularning bu yilgi toʻrtinchi uchrashuvidir. Liderlar unda asosan Qorabogʻdagi vaziyatni muhokama qilishdi.

Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar shu yilning 12-oktabrida Armanistonga tashrif uyushtirdi. Subramanyam Jayshankar bu orqali Armanistonga amaliy tashrif uyushtirgan birinchi Hindiston Tashqi ishlar vaziri sifatida tarix sahifalaridan oʻrin oldi. Hindiston Tashqi ishlar vaziri JayshankarArmaniston Bosh vaziri, parlament raisi va tashqi ishlar vaziri bilan alohida-alohida uchrashuvlar oʻtkazdi. Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan matbuot anjumanida ikkala davlatning mudofaa sohasidagi aloqalarini yangi bosqichga koʻtarish rejalari haqida ma’lumot boʻlishdi. Uchrashuvlar chogʻida Xalqaro janubiy va shimoliy transport yoʻlagidagi hamkorlik masalasi ham qoʻlga olindi.

Joriy yilning 13-oktabrida Moskvada Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon diniy rahbarlari oʻrtasida qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda diniy rahbarlar janubiy kavkazliklarni nafrat tilidan voz kechishga va tinchlikka chaqirdilar.

Huddi shu yilning 14-oktabrida esa Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yigʻilishi doirasida Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari yigʻilish oʻtkazdi. Tashqi ishlar vazirlari Qorabogʻ muammosi bilan bogʻliq jarayonni muhokama qildilar.

Joriy yilning 15-oktabrida esa Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi sammitida soʻzlagan nutqida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan chegaralarni aniqlash va tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar olib borishga tayyorligini ma’lum qildi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham yuqorida nomi tilga olingan yigʻilishda Minsk guruhi boshchiligida Ozarbayjon bilan tinchlik muzokaralarini oʻtkazishga tayyorligini yetkazdi. Mahbuslarning qoʻyib yuborilishi evaziga minalar joylashtirilgan barcha xaritalarni berishga rozi ekanliklarini ma’lum qilgan Pashinyan Bokuda 44 kunlik urush qoldiqlari sifatida namoyish etilgan arman askarlari manekenlarini olib tashlash masalasini ijobiy masala deb baholadi va Janubiy Kavkazdagi barcha transport yoʻlaklarining ochilishi uchun uch tomonli hay’atning faoliyat olib borganini oʻz soʻziga ilova etdi.

2021-yilning 25-sentabrida Nyu-Yorkda Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari 2020-yilning noyabr oyidan beri birinchi marotaba uchrashdi. Oktabr oyining birinchi yarmida esa biz diplomatik uchrashuvlarning ortganiga guvoh boʻlyapmiz. Armaniston Bosh vazirining Zengezur yoʻlagining ochilishiga yashil chiroq yoqishi juda muhim voqea. Demak Kavkaz mintaqasidagi davlatlar oʻz muammolarini oʻzlari hal qilish niyatida. Mintaqaviy muammolar hal qilingach Janubiy Kavkazdagi Sharqiy-gʻarb transport yoʻlagining tashkil etilishi kun tartibiga chiqishi mumkin. Nomi tilga olingan oxirgi voqealar mintaqa barqarorligi va tarqqiyoti jihatidan alohida oʻringa ega.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Kavkaz , #Ozarbayjon , #Qorabogʻ

Aloqador xabarlar