Yevroosiyo kun tartibi-5

Dasturimizning bugungi sonida Markaziy Osiyo davlatlari liderlari tomonidan Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 76-sessiyasida ilgari surilgan tashabbus va takliflar haqida soʻz qilamiz.

1712720
Yevroosiyo kun tartibi-5

2021-yilning 21-sentabri kuni Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasining 76-sessiyasi boshladi. Ushbu sessiya doirasida 21- sentabrdan 27-sentabrgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning liderlari bilan hay’at rahbarlari nutq soʻzladilar. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston respublikalari rahbarlari unda videomurojaat orqali ishtirok etdi. Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlarining chiqishlarida eng asosiy mavzu Afgʻonistondagi muammolar boʻldi.

Qozogʻiston Prezidenti Qasim Joʻmart Toqayev nomi tilga olingan sessiyada soʻzlagan nutqida, Afgʻoniston xalqini oʻz taqdiriga tashlab qoʻymaslik kerakligini ta’kidladi. Toqayev, Afgʻonistonga insonparvarlik yordami koʻrsatish uchun BMT agentliklari va boshqa gumanitar yordam tashkilotlarining zudlik bilan, xavfsiz va hech qanday muammosiz kirish imkoni yaratishi kerakligini belgilab oʻtgan holda, bu xususda Olmaotada BMTning mintaqadagi markazini tashkil etish ishlarining foydali boʻlishini qayd etdi. Toqayev bundan tashqari, BMT Xavfsizlik kengashining Afgʻonistonda muzokaralar orqali keng koʻlamli hukumat tuzish haqidagi taklifini qoʻllab -quvvatladi.

Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov BMT Bosh assambleyasidagi nutqida Afgʻonistondan evakuatsiyasi ishlari davom etayotgan BMT agentliklarini vaqtincha Bishkekka joylashtirishni taklif qildi. Shuningdek Japarov, afgʻonistonlik yoshlarga Qirgʻiziston oliy oʻquv yurtlarida oʻqish imkoni berishlari mumkinligini yetkazdi.

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasidagi chiqishida Tolibonning hokimiyatga kelishini, mintaqadagi geosiyosiy jarayonni yanada murakkablashtirganini ifoda etdi. Rahmon, Afgʻoniston aholisining 46 foizidan koʻpini tashkil etuvchi tojiklarning boshqa etnik guruhlar bilan birgalikda davlat boshqaruvida qatnashish huquqiga ega ekanini ta’kidladi. Tojikiston lideri, Afgʻoniston xalqiga yordam berishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining muhim rol oʻynashi kerakligini oʻz soʻziga ilova etdi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbangulu Berdimuhammedov Bosh Assambleyadagi nutqida, Afgʻoniston haqiqati oʻzgarganini ta’kidlab: “Yoʻndashar ekanmiz ideologik tanlovlar, eski hafachiliklar, fobilar va notoʻgʻri tushunchalarni bir chetga qoʻyib, eng avvalo urushlar va betartibliklardan charchagan, tinchlik va farovonlikni orzu qilgan Afgʻoniston xalqini oʻylashimiz zarur”.-dedi. Berdimuhammedov Afgʻonistonga iqtisodiy va gumanitar yordam koʻrsatishni davom etishlarini bildirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida soʻzlagan nutqida Oʻzbekistonning Afgʻoniston xalqiga har doim yordam berib kelayotganini, yaqinda Oʻzbekiston-Afgʻoniston chegara darvozalari ochilganini ta’kidlab, Afgʻonistonning muammolari bilan oʻz holiga tashlab qoʻyilmasligi kerakligini qayd etdi.  Shuningdek Oʻzbekiston Prezidenti, Afgʻoniston masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli ortishi va uning ovozi har qachongidan ham baland boʻlishi kerakligini ta’kidladi.

Bu yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi majlisida a’zo davlatlar nomidan ishtirok etgan hay’atlar global va mintaqaviy xavfsizlik, Covid-19 pandemiyasi sharoitida barqaror taraqqiyot va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yengib oʻtish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ragʻbatlantirishning muhim masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Markaziy Osiyo respublikalari liderlari oʻz chiqishlarida, Covid-19 pandemiyasi va vaksinaga e’tibor qaratdilar. Ba’zi liderlar mamlakatlariga vaktsina jihatidan yordam koʻrsatgan tomonlarga minnatdorchilik bildirdi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo respublikalari liderlari BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqida, iqlim oʻzgarishi muammosiga toʻxtalib, uni hal qilish yoʻllari va shunga bogʻliq rejalarini boʻlishdi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Afgʻoniston , #Covid-19

Aloqador xabarlar