Bularni bilasizmi 87-qism

Turkiyaning Edirne viloyatida "Psixiatriya tarixi muzeyi" borligini bilarmidingiz?

1695363
Bularni bilasizmi 87-qism

 

Musiqiy terapiya aslida Usmoniy davridagi turk psixiatrlarining ixtirosi emas edi. Faqat, ilmiy tadqiqotlari bilan o'z zamondoshlariga qaraganda, psixiatriya sohasida yuqori darajaga ko'tarilgan turk psixiatrlari musiqa bilan davolashda ilg’or tajribaga erishdilar. 1488 yilda Edirneda Sulton Boyazid II tomonidan qurdirilgan majmuaning ruhiy shifoxonalar bo'limida bemorlar musiqa bilan davolanishni xohlashardi.

Musiqaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri haqida yetarlicha bilim va tajribaga ega bo'lgan turk shifokorlar, avvalo, o'z bemorlariga turli xil musiqiy maqomlarni eshittiradi, so’ngra ularning yurak urish tezligini tekshiradi, ular uchun foydali bo’lgan ohangni aniqlaydi. So’ngra, ularning shikoyatlariga qarab, o’xshash kasalliklarni bir joyga to’playdi.

Usmoniy davridagi turk psixiatrlari tomonidan ilmiy jihatdan muvaffaqiyatli qo'llanilgan "musiqiy terapiya" kunimizdagi zamonaviy psixiatriyada yangilik sifatida ko'rsatilmoqda va bu sohada juda ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Edirne viloyatidagi Sulton Boyazid II majmuasining shifoxona bo'limida asrlar oldin amalga oshirilgan amaliyotlarni namoyish qilish uchun “Turk psixiatriya tarixi” muzeyi ochildi.

Muzeyda shifoxonaning o’ziga xos muhiti o'sha davrga mos dekoratsiya va kostyumlar bilan namoyish qilingan. Muzeyda bosh tabib, hamshiralar, bemorlar, musiqachilar, tarbiyachilar haykallar bilan tasvirlangan va ushbu soha yorug'lik hamda tovush sxemalari bilan namoyish etilgan.



Aloqador xabarlar