Bularni bilasizmi 83-qism

Istanbulda karikatura muzeyi va kutubxonasi borligini bilarmidingiz?

1679920
Bularni bilasizmi 83-qism

 

Muzey dastlab 1975 yilda karikaturachilar jamiyatining tashabbusi bilan Istanbul hokimligi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, u 1980 yilda yopilgandi. 1989 yilda qayta ochilgan karikatura va hazil muzeyi Turkiyaning ijtimoiy tarixi va madaniyatini o’zida muyassam qiladi. Shuningdek, muzeyda jahon karikatura san’atining taniqli siymolari xalqqa tanitiladi. Bundan tashqari, muzey qoshida mutahassislar kuzatuvida matbaa bosmaxonasi ham faoliyat ko’rsatadi.

Muzeyda turk karikaturasining kunimizgacha yetib kelgan asarlari namoyish qilinadigan maxsus bo’lim ham bor. Ushbu bo’limda turk va jahonda tanilgan mashhur karikaturachilarning asarlari namoyish qilinadi. Har oy ushbu asarlar ishtirokida ko’rgazmalar ham tashkil etiladi. Muzeyning kutubxona bo’limida esa, Turkiyada va dunyoda chop etilgan karikaturalar, hajviya va turli hazil-mutoiba janridagi nashrlar o’rin olgan. Kutubxonaning arhiv bo’limida esa, tarixdagi mashhur turk va xorijlik karikaturachilarni kunimizgacha yetib kelgan asarlari o’rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #karikatura muzeyi , #Turkiya

Aloqador xabarlar