Bularni bilasizmi 76-qism

Dunyodagi dastlabki parom Usmoniylar davrida turklar tomonidan qurilganligini bilarmidingiz?

1652939
Bularni bilasizmi 76-qism

 

1800 yillarda Istanbul bo’g’ozining ikki sohili o’rtasida transport qatnovi yengil qayiqlar vositasida amalga oshirilardi. 1840 yillarga kelib kichkina paroxodlar xizmat beradi boshladi. 1850 yilda esa, “Hayriyya” shirkati tashkil etilib, yana ham kattaroq paroxodlar qatnovi yo’lga qo’yildi. Shirkat boshqaruvchilaridan Husayin Xaki afandi ixtirochi inson bo’lgan. U bog’ozda ayniqsa, yengil vositalarni tashishni qulaylashtiradigan transport ishlab chiqarishni ko’zlayotgandi.

Bir yil davomida shirkatning memorlari bilan ushbu masala ustida bosh qotiradi. Vanihoyat bir yil ichida oldiga va orqaga harakatlana oladigan, transportlarni tashishga mo’ljallangan va ayni vaqtda insonlarni ham tashiydigan ulkan paroxod loyihasini ijod qiladi. Ular ushbu loyihani Britaniyadagi kemasozlik zavodiga yuboradilar.  Inglizlar bu ijodga hayron qoladilar.

Paroxodning qurilishiga qariyb 2 yil vaqt ketadi. 1871 yilda qurib bitkazilgan transport va insonlarni tashishga moslashgan paroxodga “Suhulet” deb nom beriladi. Ushbu paroxod birinchi qatnovini 1872 yilda Uskudar bilan Kabatash dahasi o’rtasida amalga oshiradi. “Suhulet” paroxodi Istanbul bo’g’ozining ikki sohilida roppa-rosa 89 yil xizmat berdi.


Tanlangan kalimalar: #Suhulet , #Usmoniy davlati

Aloqador xabarlar