Bularni bilasizmi 62-qism

Turkiyaning Trabzon viloyatida joylashgan Ayasofiya muzeyida rekonstruksiya ishlari yakunlanib, 2020 yilda takror ochilganligini bilarmidingiz?

1592473
Bularni bilasizmi 62-qism

 

Trabzondagi Ayasofiya cherkovi 1250-1260 yillarda insho etilgan. Vizantiya cherkovlarining eng yorqin namunalaridan biri bo’lgan Ayasofiya 1461 yilda hududning Usmoniylar tomonidan bosib olinishidan keyin ham o’z ahamiyatini saqlab qolgan va 1670 yilda jome’-masjidiga aylantirilgan.

1-Jahon urushi yillarida ombor va shifoxona, keyinchalik takror jome’-masjidi sifatida qo’llanilgan Ayasofiya 1958-1962 yillarda qayta restavratsiya qilinib, 1964 yilda muzeyga aylantirilgan.

Ayasofiya tarixiy ahamiyati bilan bir qatorda, san’at tarixi jihatidan ham tenggi yo’q obida sifatida kunimizgacha o’z o’rnini saqlab qolgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Oxirgi marta 2018-2020 yillarda rekonstruksiya qilingan muzey 2020 yilning iyun oyida sayyohlarni qabul qila boshlagan. Pandemiyaga qaramay, juda ko’plab sayyohlar Ayasofiyani ziyorat qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Trabzon , #Turkiya , #Ayasofiya

Aloqador xabarlar