Bularni bilasizmi 59-qism

Dunyoda bor zahirasining 73 foizi Turkiyada joylashganligini bilarmidingiz?

1579151
Bularni bilasizmi 59-qism

 

Dunyoda bor elementining tarixi 4 ming yil avvaliga borib taqalsa-da Turkiyada qachon kashf etilganligi haqida aniq ma’lumot yo’q. Bunga qaramay, bor bilan bog’liq faoliyatlarning o’tmishi 1800-yillarga borib taqaladi. O’nlab sektorning 400dan ortiq sohasida qo’llanilgan bor elementi Turkiyaning eng muhim ma’dan boyliklari qatoriga kiradi.

Mudofaa sanoati, qishloq-xo’jaligi, keramika, oyna, tozalik ashyolari va boshqa ko’plab sektorda keng qo’llaniladi. Shuningdek, atom reaktorlarda qo’llaniladigan ba’zi mahsulotlarning xomashyolari ham bordan ishlab chiqariladi. Shu sababli bor – kelajakning ma’dan zahirasi deb ham ataladi. Bor elementining foydalarini sanab sanog’iga yetib bo’lmaydi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yengil sanoatning bir qator sohasida qo’llanilishidan tashqari, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi ham uning ahamiyatini oshiradi.

AQSh va Rossiyada ham bor ma’dani ishlab chiqarilishiga qaramay, Turkiyadagi bor zahiralari dunyoni taxminan 400-500 yil bor ma’dani bilan ta’minlaydigan hajmga ega. Bu boshqa hech qaysi mamlakatda bo’lmagan boylik hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #ma'dan , #Bor

Aloqador xabarlar