Turkiyada bir hafta O‘smonli imperiyasi yodga olinadi

Turkiyada 27 - yanvardan e'tiboran bir hafta, O‘smonli imperiyasi yodga olinadi.

1572448
Turkiyada bir hafta O‘smonli imperiyasi yodga olinadi

Bugundan e’tiboran bir hafta O‘smonli imperiyasini yodga olamiz. O‘smonli imperiyasi uch qit’aga yoyilgan tuproqlari bilan asrlar davomida dunyoni tartibga soldi. Osiyolik ona yurtidan boshini Yevropaga uzatgan bir bo‘ridek, yuzlab yil davom etadigan va ta’siri bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan bu madaniyatning, insonparvarlikning ajoyib kunlari edi O‘smonli imperatorligi davri. O‘ziga oid bo‘lmagan unsurlarga ham mustahkam adolat va’da qilingan bu davr ayni vaqtda insonparvarlik tarixi edi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘smonli tarixi davrini har tomondan ko‘rib chiqmay Rossiya, Germaniya, Bolqonlar, Yaqin Sharq va Shimoliy Yevropa tarixini tushunib yetish murakkabdir. O‘rni hech qachon to‘ldirilmagan bu adolat tushunchasi balki, bugungi kunda ham huddi mana shu tuproqlarda duch kelingan qon va ko‘z yoshining darmoni edi. Insoniyat tarixida betakror iz qoldirgan va ana shu madaniyatning bir bo‘lagi bo‘lishdan biz nihoyatda faxrlangan O‘smonli imperiyasini yodga olish haftasi kutlug‘ bo‘lsin.



Aloqador xabarlar