Yevroosiyo kun tartibi 55 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiyaning Yevroosiyo davlatlari bilan bo‘lgan munosabatlari jihatidan 2020 - yilning qanday o‘tgani haqida so‘z qilamiz.

1563844
Yevroosiyo kun tartibi 55 - qism

2020 - yil pandemiya yuzasidan tashriflar uyushtirilmadi, vaqti - vaqti bilan chegara darvozalari bekitilib, iqtisodiyot murakkab bir davrni boshdan kechirdi. Shunga qaramay Turkiya Yevroosiyo geografiyasidagi mamlakatlar bilan munosabatlarini jonli tutishga urindi. Yil boshi va oxirlarida bir qator o‘zaro tashriflar amalga oshirildi.

O‘tgan yilning 7 - yanvari kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin Turk oqimi tabiiygaz quvir chizig‘ining ochilish marosimida ishtirok etish maqsadida Istanbulga keldi. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi muloqat yil mobaynida davom etdi va olib borilgan muzokaralar natijasida Suriya, Liviya va Ozarbayjondagi muammolarning hal qilinishiga ijobiy hissa qo‘shdi.

Turkiya - Ukraina munosabatlari jihatidan dasturimizning oldingi sonida ham aytib o‘tganimizdek 2020 - yil judayam samarali o‘tdi. Oliy darajali tashriflar yil bo‘yi ham amalga oshirildi. Turkiya - Ukraina Tashqi Ishlar va Mudofaa vazirlarining ishtirokida birinchi marotaba “2 + 2” formatida yig‘ilish uyushtirildi. Mudofaa tarmog‘idan iqtisodiy tarmoqqa turli sohalarda muhim shartnomalarga qo‘l qo‘yildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an 2020 - yili Ozarbayjonga ikki marotaba tashrif uyushtirdi. Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sohiba Gafarova birinchi chet el tashrifini Turkiyaga qaratdi. Turkiya Buyuk Millat majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop ham javob tariqasida Ozarbayjonga tashrif uyushtirdi.

Tog‘li Qorabog‘ning ishg‘oldan qutqarilishi jarayonida Ozarbayjonni to‘laqonli qo‘llab - quvvatlagan Turkiya, 2020 - yili Ozarbayjon bilan mavjud strategik munosabatlarini eng oliy darajaga olib chiqdi. Birgalikda harbiy mashqlar o‘tkazilib, ikki mamlakat o‘rtasida faqatgina ID karta bilan kirish - chiqish imkonlarining yo‘li ochildi.  

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar 27 - 28 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ldi. Turkiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bo‘lgan mudofaa tarmog‘idagi hamkorligida munosabatlarini yangi saviyaga ko‘tarishni xohlashi; Anqaraning mintaqadagi kuchining orttirilishi, ittifoqchilari bilan hamkorligining mustahkam tus olishi, birodarlik qo‘lining uzatilishi jihatidan alohida ahamiyat kasb etadi.

2020 - yil bo‘yi Turkiya Covid - 19 pandemiyasiga qarshi kurash asosida Yevroosiyo geografiyasining ko‘pchilik davlatiga yordam berdi. Turkiya huddi shu geografiyada joylashgan davlatlarga tibbiy ashyolardan tashqari kasalxona qurilishi va ta’miroti, tibbiy xodimlarning tajriba almashishi, oziq - ovqat yordami kabi mavzularda ham qarab turmadi. Turkiya Respublikasi Yevroosiyo geografiyasidagi tegishli mamlakatlarning pandemiya jarayonidagi shifokor kamchiligini bartaraf etish uchun Turkiyada ishlayotgan yoki shu sohada tajriba orttirayotgan shifokorlarning ma’lum vaqtgacha o‘z yurtlaridagi bemorlarni davolashiga ruxsat berdi. Turkiyaning tashabbuslari bilan Turk dunyosidan tibbiy xodimlar Izmirdagi Karantin orolida pandemiyaga qarshi birgalikda kurash masalasini qo‘lga oldilar.

Temir yo‘li transporti pandemiya jarayonida oldingi qatorda o‘rin oldi. 2020 - yili Turkiyadan Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Xitoyga birinchi marotaba yuk tashuvchi poyezdlari yuborildi. Tranzit davlat bo‘lgan Turkiya, pandemiyaga qaramay transportning oqsamasligi uchun chora ko‘rdi.

Ayasofiyaning ibodatga ochilishi, Yevroosiyo geografiyasidagi musulmon xalqlar tomonidan katta xursandchilik bilan qarshi olindi.

Qisqacha qilib aytganda 2020 - yil Turkiya, Yevroosiyo geografiyasidagi mamlakatlar bilan munosabatlarini mustahkamlashni davom ettirdi. Mintaqa davlatlaridan Ozarbayjon va Ukraina bilan o‘zaro munosabatlar yangi saviyaga olib chiqildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevroosiyo , #Covid-19

Aloqador xabarlar