Yevroosiyo geografiyasida Mo‘g‘uliston Covid - 19 dan eng kam ziyon ko‘rgan davlat bo‘ldi

Dasturimizning bugungi sonida Yevroosiyo geografiyasida 2020 - yilning qanday o‘tgani haqida so‘z qilamiz.

1560438
Yevroosiyo geografiyasida Mo‘g‘uliston Covid - 19 dan eng kam ziyon ko‘rgan davlat bo‘ldi

2020 - yili butun dunyo murakkab bir yo‘lni bosib o‘tdi. Yil boshida Xitoydan yoyilgan Covid - 19 pandemiyasi butun dunyoda bo‘lganidek Yevroosiyo mamlakatlariga ham chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Mintaqada yuz minglab inson halok bo‘ldi. Nomi tilga olingan hududda faqatgina Mo‘g‘uliston  eng kam ziyon ko‘rdi. Yani 1200 bemor va 1 o‘lim holati qayd etildi.

Pandemiyaga qaramay 2020 - yili Yevroosiyo geografiyasining bir necha davlatida saylovlar uyushtirildi. Masalan 24 - iyun kuni Mo‘g‘ulistonda, 4 - oktabr kuni Qirg‘izistonda, 31 - oktabrda Gruziyada umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Sooronbay Jeenbekov o‘z vazifasidan ketishga majbur bo‘ldi. 2021 - yilning 10 - yanvari kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi va hukumat shaklini aniqlab olish uchun referendum bo‘lib o‘tadi. Umumiy saylovlar esa 2021 - yili uyushtirilmoqchi. Gruziyada ham muxolifat saylov natijalariga bo‘lgan e’tirozlarini haligacha davom ettirmoqda.  

2020 - yilning ikkinchi yarmida Yevroosiyo geografiyasidagi 3 mamlakatda Prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Shu jumladan 9 - avgusti kuni Belarusda, 10 - oktabrda Tojikistonda, 1 va 15 - noyabr kunlari Moldovada Prezidentlik saylovlarining birinchi va ikkinchi bosqichlari uyushtirildi. Belarusda xalqning bir qismi, saylov natijalariga qarshi namoyishlarini davom ettirmoqda.

Shuningdek, 2020 - yilning 25 - iyunidan 1 - iyuligacha Rossiya Federatsiyasida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish maqsadida referandum o‘tkazildi. Undagi eng muhim masala shubhasiz, Vladimir Putinning takror ikki muddat Davlat rahbari bo‘lishiga yo‘l ochilishi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rossiyada, iyul oyidan beri nazorat ostiga olingan Xabarovsk gubernatori Sergey Furgalni qo‘llab - quvvatlagan namoyishlar har haftaning dam olish kunlari uzluksiz davom etmoqda.

Farg‘ona vodiysidagi chegara masalalari 2020 - yili ham hal qilinmadi. Chegara chizig‘ida yuz bergan urush va to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan insonlar qayd etildi.

Mintaqa jihatidan yilning eng muhim voqeasi sifatida Tog‘li Qorabog‘ning ozod etilishini aytish mumkin. Qariyb 30 yil hal qilinishi kutilgan Qorabog‘ muammosi Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 44 kunlik qahramonlardek kurashi ortidan 10 - noyabr kuni Ozarbayjonning g‘alabasi bilan yakun topdi. Ishg‘ol ostidagi mintaqalar Armaniston tomonidan boshatildi.

Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkiloti, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Turk kengashi kabi mintaqaviy tashkilotlar yig‘ilishi 2020 - yili online tarzda uyushtirildi. Nomi tilga olingan tashkilotlar orasida Turk kengashi 2020 - yili samarali faoliyatlari bilan olqishga sazovor bo‘ldi. Masalan Turk kengashi, butun dunyoda Covid - 19 ga qarshi kurash masalasida yetakchilar ishtirokida videokonferentsiya uyushtirgan birinchi xalqaro tashkilot sifatida qayd etildi. Sog‘likni saqlash, transport, energiya, iqtisodiyot kabi tarmoqlarda Turk kengashi tarkibidagi davlatlar o‘rtasida o‘zaro moslikning ta’minlanishi, aloqalarning mustahkamlanishi uchun katta ishlar olib borildi. Qisqacha qilib aytganda 2020 - yil mintaqa uchun ham qayg‘uli, ham xursandchilik yili bo‘ldi.   

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mo‘g‘uliston , #Covid - 19

Aloqador xabarlar