Bularni bilasizmi 53-qism

Antaliyaning Demre tumanida Noel bobo deb atalgan Aziz Nikolay nomida cherkov borligini bilarmidingiz?

1553033
Bularni bilasizmi 53-qism

 

Aziz Nikolay meloddan keyingi 3-asrning ikkinchi yarmida Turkiyaning Antaliya shahridagi antik Patara hududida bir qishloqda tug’ilgan. U juda badavlat oilaning yakka farzandi bo’lgan va hristian urf-odatlari bilan ulg’aygan. Uning bolaligida ota-onasi kasallik tufayli vafot etgan. U ota-onasidan qolgan merosni Iso Masihning buyrug’i bilan beva bechoralarga, yetim-yesirlarga tarqatadi.

Hayotini Tangriga va insonlarga xizmat qilish uchun bag’ishlaydi. Natijada yoshligidayoq episkoplik maqomiga erishadi. U saxiyligi, yordamsevarligi, bolalarga bo’lgan sevgisi bilan dunyoda dovrug’ qozonadi.

Aziz Nikolayning vafotidan so’ng, u tug’ilib o’sgan joyda unga atab cherkov quriladi va qabri ushbu cherkov ichiga joylashtiriladi. O’rta Vizantiya davrining memoriy ko’rinishiga ega bo’lgan cherkov keyinchalik qayta ta’mirlash ishlari tufayli turli davrga oid izlarni o’zida mujassam qiladi.

Kambag’allar, yetim bolalar va beva-bechoralarning himoyachisi bo’lgan Aziz Nikolay uchun yana bir necha cherkov qurdirilgan bo’lsa-da Demre tumanidagi Noel Bobo cherkovi o’zining tarixi bilan tenggi yo’q o’ringa ega. Salib yurishlari davrida ba’zi savdogarlar uning suyaklarini o’g’irlab, g’arbga olib ketgan bo’lishiga qaramay, uning ba’zi suyaklari hozirda Demredagi muzeyda saqlanmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #Noel bobo , #Aziz Nikolay

Aloqador xabarlar