Bularni bilasizmi 49-qism

Global pandemiya davrida internet orqali Turkiyadagi Troya muzeyini taxminan 1 mln kishi tomosha qilganligini bilarmidingiz?

1536621
Bularni bilasizmi 49-qism

 

Dunyoda internet orqali juda ko’plab muzeylarni tomosha qilish mumkin. Ana shunday imkoniyat Turkiyada ham mavjud. Chanoqqal’ada 5 ming yillik o’tmishga ega Troya antik shahrida joylashgan Troya muzeyi bu yil eng ko’p tomosha qilingan muzeylardan biridir.

Pandemiyadan avval Troya muzeyini internet orqali tomosha qilish imkoniyati yo’q edi, biroq pandemiyadan keyin Turkiya madaniyat va turizm vazirligining tashabbusi bilan muzeyni internet orqali tomosha qilish imkoniyati yaratildi. Shu kungacha Troya muzeyini internet orqali 1 mln kishi tomosha qildi.

Bundan tashqari, Anadolu madaniyatlar muzeyi, Efes muzeyi, Anqara etnografiya muzeyi, Zeugma mozaika muzeyi, Antaliya muzeyi, Go’beklitepa kabi Turkiya madaniyat va turizm vazirligiga qarashli juda ko’plab maskanlarni www.sanalmuze.gov.tr manzilidan tomosha qilish mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Troya muzeyi

Aloqador xabarlar