Yevrosiyodan dolzar mavzular 38-qism

Xitoy birinchi marta G-20 sammitiga mazbonlik qildi.

574280
Yevrosiyodan dolzar mavzular 38-qism

2016 yil 4-5 Sentyabr kunlari orasida, Xitoy Xalq Respublikasining Hangzhou shahrida G-20 sammiyi bo’lib o’tdi. Birinchi marta Xitoy mezbonligida amaga oshirilgan sammitga 19 a’zo davlat va Yevropa Ittifoqidan tashqari Chad, Ispaniya, Qozog’iston, Laos, Misr, Senegal, Singapur va Tayland mehmon davlatlar  sifatida qatnashdi. Sammitda shuningdek ta’luqli xalqaro tashkilot vakilari ham ishtirok etdi. G-20 liderlar sammitini yuzlab matbuot xodimi yaqindan kuzatib bordi. Sammit Xitoy Davlat Rahbari Shi Chinpingning mehmon hayat rahbarlarini kutib olib birga suratga tushishi bilan boshladi. Keyinchalik “Siyosatni kuchaytirish va yangi rivojlanish yo’llari” mavzuli yig’ilish o’tkazildi. Ikki kun bo’yicha xalqaro dolzarb va iqtisodiy masalalar kabi mavzular muhokama qilindi. BMT rahnamoligida boshlatilgan, “2030 yiligacha dunyoda qashshoqlikni bartaraf qilish” maqsadi doirasida tashlanadigan qadamlar va izlanadigan yo’llar ko’zdan kechirilidi Sammitdan keyin natija bildiruvi chop etildi.

Sammitning natija bildiruvida, xalqaro tijorat va o'sishni jonlantirish, qashshoqlikni bartaraf qilish, keng ko’lamli va davomli kurraviy taraqiyot, yangilangan iqtisodiy o’sish, terrorga qarshi mushtarak kurash va ish imkoniyatini orttirishga diqqat qaratildi. Yangilangan kurraviy rivojlanish modeli bilan xalqaro tijorat va hamkorlikda sarmoya kiritishni, rivojlanayotgan davlatlarda texnik infratuzilma, energetika va inson kuchi sohasida kerak bo’ldan dastakni ta’minlash zaruratiga diqqat qaratildi. Dunyo Iqtisodiyot Forumi soyasida tayyorlangan rivojlanish hisoboti, 2017 yili bo’ladigan G-20 o’lkalaridan tegishli vazirlarga topshirilishi kutilgani ma’lum qilindi. G-20 Liderlar sammiti doirasida qator uchrashuvlar o’tkazildi va o’nlab o’zaro shartnomalar tuzildi. Turkiya Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan to’rt tomonli yig’in o’tkazdi.  Shuningdek sammit doirasida Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Barak Obama va Xitoy Davlat Rahbari Shi Chinping Parij Iqlim O’zgarishi shartnomasini  tasdiqlaganini ko’rsatgan hujjatlarni Birlashgan Millatlar bosh kotibi Pan Ki Munga topshirdi. Sammitning oxirgi yig’ilishida, biz ham bor degan misoli, Shimoliy Koreya raketi sinovi o’tkazdi  Shimoliy Koreyaga qarshi olinadigan chora-tadbirlar AQSh bilan Xitoy o’rtasida taranglikka sabab bo’ldi. G-20 liderlar sammiti davr rahbarligini esa Germaniya zimasiga oldi. 

"Yakka yo’l loyihasini 2020-2050" yakunlashni mo’ljallanmoqda, tarixida ilk marta G-20 sammitiga mezbonlik qilgan Xitoy, ushbu faoliyatlarga Amerika hukumronligidagi G’arb ustunligining bartaraf bo’layotganini, yangi asrda Sharqning muhim o’ringa ega bo’lishini ko’rsatdi. G-20 o’lkalari orasida ham rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning aksariyati Sharqda bo’lgani kuzatilmoqda. Bu nuqta-i nazardan ikkinchi jahon urushidan keyin maydonga chiqgan dunyo tuzumi qayta ko’zdan kechirilishi shart. Boshda BMT bo’lib asosan markazi G’arbda bo’lgan finans tashkilotlarining tuzilishiga o’zgarish kiritish kerak. Sammitning Hanghou shahrida bo’lgan sammit, Xitoyning yangi 'Ipak Yo’li' loyihasi mavzusida qanchalik qat’iy bo’lganini ko'rsatmoqda. Qozog’istonning bu sammitga mehmon o’lka  sifatida taklif qilinishi ham buning namunasi. Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, O’zbekiston, Eron va Turkiya kabi Yevrosiyoning ulkan davlatlari 'Ipak Yo’li' loyihasini  dastaklab hududning ahamiyatini ortirishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #xitoy , #g-20 , #sammitiga , #ilk bor , #mezbonlik qildi

Aloqador xabarlar