Turkiyaning madaniy xazinalari 34-qism

Turkiyaning Sinop viloyati va u yerdagi madaniy xazinalar haqida ma'lumot...

554081
Turkiyaning madaniy xazinalari 34-qism

 

Turkiyaning shimolida joylashgan Sinop viloyati va u yerdagi madaniy xazinalar haqida hikoya qilamiz.

Sinop   viloyati   Qoradengiz   sohilida   joylashgan   bo’lib,   yarim orolning quruqlik bilan tutashgan hududida o’rin olgan. Geografik

joylashuvi   jihatidan   va   tabiiy   port   bo’lishi   jihatidan   antik   davrda mustamlaka sifatida foydalanilgani taxmin qilinadi. Manbalarda Sinop

haqida turli afsonalar mavjud.

Ulardan biri quyidagicha; Xotinbozligi bilan tanilgan Tangri Zeus Irmoq tangrisining qizi bo’lgan Sinopeni sevib qoladi. Zeusdan

qanday bo’lmasin qutulishni o’ylagan go’zal qiz o’z iffatini saqlash maqsadida, Zeus bilan baxsga kiradi.  Uning iffatiga lol  qolgan Zeus

qizni   Qoradengiz   sohilidagi   Sinopga   olib   keladi.   Keyinchalik Sinopening   nomi   bilan   atala   boshlagan   shahar   vaqt   o’tishi   bilan taraqqiy etib boradi. Hitit davridan beri o’troqlashib borgan hudud tarix   mobaynida   qo’lma-qo’l   bo’ladi.   Sinop   buyuk   kuchlarning urushlariga guvoh bo’ladi va ishg’ollarni boshidan o’tkazadi. U yerga kelgan taniqli qo’mondonlardan biri Buyuk Iskandardir.  U antik davrning mashhur faylasufi sinoplik Diyojenning huzurida bo’ladi. Diyojenning bir bochka ichida yashaganini ko’rgan  Buyuk Iskandar uning ahvolini ko’rib achinib ketadi va “Tila tilagingni, mendan nima xohlaysan?” deydi.  Quyosh nurini to’sib qo’yganidan bezovta bo’lgan Diyojen jahllanib, “Soya tushirmasang bo’lgani, boshqa ehson xohlamayman”,-deya javob beradi. Diyojen madaniyatni qabul qilmagan qoloq tushunchaga ega edi. U madaniyat qo’ynida madaniyatdan yiroq yashashga harakat qilardi.

Sinop Rim va sharqiy Rim hokimiyatidan keyin 1085 yili Anadoluga kelgan turklar tomonidan zabt etilgan. Mintaqaning Qoradengiz tijoratidagi ahamiyatini o’z ichiga olgan Anadolu Saljuqiylari bu yerni qo’l ostiga olish uchun alohida ahamiyat berdilar. Shahar markazida joylashgan ba’zi cherkovlar masjid sifatida qo’llanilar ekan, Alauddin jome’ bilan bir qatorda ko’plab islomiy asarlar bunyod etildi.

Yarim orolning ikki yonida joylashgan qishloqlar kemalar uchun tabiiy port hususiyatiga ega. Saljuqiylar davrida qayta ta’mirlangan qal’a ayni paytda kemasozlik zavodi sifatida ham xizmat berardi.

Uzoq yillar mobaynida kemasozlik zavodi sifatida xizmat bergan qal’a Usmoniy imperatorligining ohirgi damlarida qamoqxonaga aylantirilgan.

Bu qamoqxonaning ikki tomoni baland devorlar bilan to’silgan bo’lib, atrofi dengiz bilan o’ralgan.

Qal’a  mahbuslar qocha olmaydigan qilib loyihalashtirilgan bo’lishiga qaramay, ikki mahbus qochishga harakat qiladi, lekin ko’p o’tmay qo’lga tushiriladi. Kunimizda muzeyga aylantirilgan qal’a qamoqxonasi va boshqa tarixiy asarlar sayyohlarni Sinopga chorlaydi. Arxeologiya va etnografiya muzeylari, jome’lar va madrasalar sizlarga muntazirdir. Xa aytgancha, agar yo’lingiz Sinop viloyatiga tushadigan bo’lsa, o’ziga xos lazzatli manti taomidan ta’tib ko’rishni unutmang! 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #tarix , #xazina , #madaniyat , #Sinop

Aloqador xabarlar