Turkiyaning yangi g'oyasi 23-qism

Turkiyadagi siyosat tarixi va xalq talabiga qizqacha nazar tashlaylik.

503675
Turkiyaning yangi g'oyasi 23-qism

Olmon siyosat sotsiologiyasiga ko’ra siyosat, ma’lum bir joyga xosdir va imkon qadardir.

Turkiyadagi siyosat tarixiga bir nazar tashlagudek bo’lsak balkim unda, bu ikki mavzuga aslo rioya qilinmaganligining guvohi bo’lamiz.

Siyosat, uzoq vaqtlardan beri davlat va byurokratiya changalida edi.

Turkiya, “Respublika” deb e’lon qilinganidan keyin davlat, jamiyat, byurokratiya va siyosat nimagadir bir-biri bilan til topisholmadi.

Siyosatchilar, o’zining siyosiy loyihalarini erkin ravishda xalq bilan baham ko’rolmas edi. Byurokratiya, xizmat qilish o’rniga o’zini himoya qilish bilan ovora bo’lar ekan davlat, o’zi bilan xalq o’rtasiga devor urdi.

Xalq, agar demokratiyada o’z ko’z qarashlari asosidagi bir tuzimga erishilsa unda o’zlaridek fikr yuritgan, o’zlaridek yashagan va o’zlaridek ishongan aktyorlarning iqtidorga kelishini xohlayotgan edi.

Xalqning bu talabiga turli yo’llar bilan javob berilmadi, xorlandi.

Oqibatida xalq ovozi, iqtidor bola boshladi. Odamlar va’da berib, va’dasida turgan siyosatchilar yo’lidan yura boshladilar.

Xalq, o’zi ishonib topshirgan boshqaruv omonatini munosib ravishda himoya qilgan siyosatchilarni kuzata boshladi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi aslida yangi partiyadir lekin qadimiy siyosiy tarixga egadir. Shunday ekan bu partiya, ikki mavzuda iddioli ekanligini aytmoqda yani Adolat va Taraqqiyot mavzusida.   

Turkiya xalqi o’tmishiga chanqoqdir. O’tmishdagi muvaffaqiyati va xotiralari haligacha o’zlari bilan birga yashaydi. Shuning uchun ham bu ikki mavzuda o’zini ko’rsatishni xohlaydi. Boshqacha qilib aytganda, Turkiyadagi dindor insonlar ikkita narsani orzu qiladi. Yani rivojlanish va odilona ravishda tartib o’rnatish.

Bu talablarning tarixi, judayam eskiga borib taqaladi.

Bu talabning amalga oshishi uchun Adolat va taraqqiyot partiyasi, Rajap Tayyip Erdog’an hormay to’lmay mexnat qildi va oqibatida xalq talabiga javob berdi. Buning nomi, qisqa qilib aytganda “Yangi Turkiya” deb ataldi.

Rivojlangan, yirik loyihalar amalga oshirish uchun mexnat qilgan, muammosiz, xalq bilan aloqada bo’lgan va ayni vaqtda har bir ovozga javob bergan bir mexanizmning nomidir Yangi Turkiya.

Shunday ekan Hurmatli Davuto’g’li bilan Erdog’an o’rtasidagi asosiy masala, texnik jihatdan emas edi. Men aytib o’tgan bu siyosiy fikr yo’lida qarama-qarshilik paydo bo’ldi. Hurmatli Davuto’g’li, Hurmatli Erdog’an o’rtaga tashlagan va xalq tomonidan ham iliq qabul qilingan bu siyosatni sal o’zgartmoqchi bo’ldi. Albatta, Hurmatli Davuto’g’li akademik sifatida ham muhim faoliyatlar yuritish kuchiga egadir. Hurmatli Davuto’g’li nafaqat Turkiyada balki butun jahonda, taniqli akademik va siyosatchidir. O’zgacha ko’z qarashlarga ega va turli asarlarga imzo chekgan muvaffaqiyatli akademikdir.

 Siyosiy hayotida ham muhim faoliyatlar yuritgani shubhasiz lekin Hurmatli Erdog’an barpo etgan va murakkab kunlarni boshdan kechirib, bugungacha olib kelishga muvaffaq bo’lgan masala bor o’rtada. Albatta Davuto’g’lining ham bu masalaga, bu davoga ishonchi komil va ana shu davo uchun mexnat qilmoqda lekin nomi tilga olingan davoning ishga oshishida Davuto’g’lining bosh ro’l o’ynashligi muvozanatni buzishi mumkin edi. Noto’g’ri yo’ldan yura boshlagan edi. Davlatda, ikki boshlilik yarata boshlagan edi.

Hurmatli Prezident, har doim bu vaziyatdan bezovta ekanligini eslatayotgan edi va Hurmatli Davuto’g’li ham bu vaziyatga e’tibor berishga va’da bergan.

Oxirgi uchrashuvda Hurmatli Davuto’g’li, bundan buyon yuritolmasligini aytib, iste’foga chiqmoqchi ekanligini bildirdi.

Davuto’g’li iste’fosi ortidan Adolat va taraqqiyot partiyasi raisligi uchun Binali Yildirim loyiq deb topildi. Bo’lib o’tgan kongressda ham Binali Yildirim, partiya raisi etib saylandi va Bosh vazir bo’ldi.

Bu vaziyat demokratiyaga, partiya nizomiga shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi saylovchilari va tashkilot talabiga muvofiq ravishda amalga oshdi.

Dasturimiz boshida aytib o’tganimizdek ijtimoiy ichki dinamikalar, davlat, byurokratiya, siyosiy aktyorlar va hukumat o’rtasidagi ideal o’rtoqlikning tashkil etilish talabi, amalga oshgan bo’ldi.

Turkiyaning Konya viloyatida joylashgan Karatay nomidagi universitetning, Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti, Sotsiologiya bo’limi o’qituvchisi professor doktor Mazhar Bag’lining mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar