Turkiyaning madaniy xazinalari 16-qism

Turkiyadagi tarixiy va madaniy xazinalardan biri Sivasning Divrigi tumanidagi Ulug' jome' va madrasasi haqida ma'lumot...

474411
Turkiyaning madaniy xazinalari 16-qism


Bugungi dasturimizda Turkiyadagi tarixiy va madaniy xazinalardan biri Sivasning Divrigi tumanidagi Ulug' jome' va madrasasi haqida ma'lumot beramiz. Ushbu jome' va atrofidagi madrasalar turk islom me'morchiligining va san'atining yorqin namunalaridan biridir.

Sivas viloyatining Divrig'i tumani Anadolu saljuqiylariga qarashli mahalliy xonlik bo'lgan Mengujuk o'g'ullari davrida tarixiy ipak yo'li ustida joylashgan muhim chorraxalardan biri bo'lgan. Buyuk İpak yo'lidan tushgan boylik tumanga farovonlik olib kelgan. Anadolu Saljuqiylariga qarashli mahalliy xonlik bo'lgan Mengujuklarning sultoni Sulaymon Shoxning og'li Ahmet Shox 1228-yili madrasani qurdira boshlagan.

1248-yili madrasaning qurilishi yakunlangan va xizmatga topshirilgan. Ahmet Shox bir risolasida bu jome'ni Allohning roziligini olish uchun qurdirganini aytadi. Jome'ning janub tomonidagi devoriga ulab qurilgan “dorushshifo" ya'ni, shifoxona o'sha davrlarda xalqqa xizmat berar edi. Bu ko'rkamli bino Ahmet Shoxning rafiqasi Malika Turan Melek tomonidan qurdirilgan.

Turk madaniyatida muhtojlarning, betoplarning hayir duosini olish uchun jome' va shifoxona joylashgan va ichida bepul ovqat tarqatilgan oshxonalarga ega madrasalarning masraflari uni qurdirgan kishilar tomonidan ta'minlanar edi.

Bulardan tashqari, o'sha paytlarda madrasa qoshida albatta hammom, suv oqib turadigan chashmalar va madrasa talabalari uchun hujralar qurilardi.

Ulug' jome' va madrasasi tengi yo'q tosh o'ymakorligi hamda me'moriy tuzilishi bilan diqqatlarni o'ziga jalb qiladi. Asosan, madrasaning shimol tomondagi darvozasi turk-islom san'atining nodir namunalaridan biri sanaladi.

1985-yildan buyon UNESCO madaniy meros ro'yxatida o'rin olgan Ulug' jome' va madrasasi tarixshunoslar tomonidan Anadoluning eng muhim tarixiy obidalaridan biri sifatida tilga olinadi. Avliyo Chalabiy o'z risolalarida “Mathida tillar lol, qalam ojizdir"-deya madrasaga katta baho beradi.

Madrasaga shimol tomonidagi hashamatli darvozadan kiriladi. Darvozaga berilgan nozik ishlov ko'rganlarni hayratga soladi. Toshga o'yib ishlov berilgani, faqatgina O'rta asrda rivojlangan me'morchilik san'atining namunasidir. Toshlarga turli geometrik shaklar berilgan. Ichkarisi besh bo'lmadan iborat bo'lib, eng katta bo'lmada namoz o'qiladi. Jome'ning taxtadan yasalgan minbarida juma kuni imom xalqqa va'zxonlik qiladi. Jome'da Saljuqiylardan qolgan gilam va sholchalar diqqatlarni o'ziga jalb qiladi. Madrasaning memori Ahlatlik Hurram shox hisoblanadi. Shu sababli hozirgi Bitlisning Ahlat tumanida ham Saljuqiy tosh o'ymakorligining tengi yo'q namunalarini uchratish mumkin.

Sivas viloyatining Divrig'i tumanidagi Ulug' jome' va madrasasi kunimizda shahar strukturasining o'zgarishi sababli binolardan balandlikda o'rin olgan. Tumanda olib borilgan qazilma faoliyatlari natijasida yana ko'plab tarixiy asarlarning yuzaga chiqarilishi kutilmoqda.

Hozirgi kunda insoniyatning mushtarak madaniy meroslaridan biri bo'lgan Ulug' jome va madrasani ko'z-qorachig'idek asrab kelgusi nasllarga sog'lom yetkazishga harakat qilinmoqda.

Agar yo'lingiz Turkiyaga tushadigan bo'lsa, tarixiy obidalardan biri Divrigi Ulug' jome' va madrasasini ham albatta ko'rishingizni maslahat beramiz.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ulug' jome' , #madrasa , #obida , #tarix , #xazina

Aloqador xabarlar