Dunyoda İz Qoldirgan Turk Ziyolilar

Dunyoda İz Qoldirgan Turk Ziyolilar

82353
Dunyoda İz Qoldirgan Turk Ziyolilar

Dasturimizda, ilm-fan, san’at, tarix, adabiyot, me'moriy va siyosat sohasida qadim davrlardan beri dunyo madaniyatining vujudga kelib rivojlanishiga katta hissa qo’shgan, o’zgarishlar kiritgan keng jug’rafiyada ta’sirli bo’lgan Turk olimlar, san’atkorlar, madaniyat arborlari bilan dunyoda shoni chiqgan siyosiy isimlar haqqida suhbat etamiz.

Bilingani kabi eski shaxsiyatlarning nasl-nasabi va etnik kimligi haqqida bir narsa aytish deyarli imkonsiz va bu mavzuda tortishuv olib borish ham noto’g’ri. Ushbu shaxsiyatlar ulg’aygan jug’rafiyada yashagan barcha jamiyatlar, faxrli insolarni o’zlashtirib olganlar. Shuning uchun, bizlar aytmoqchi bo’lgan, “Turk Buyuklari” keng ko’lamli “Turk madaniyat jug'rafyasida” voyaga yetgan shaxsiyatlardir.

Turklarning, İslom dinidan oldin vujduga keltirgan boy madaniyati, inson hayoti va yashash standartini ko’tarish uchun juda muhim ijotlar amalga oshirib dunyo madaniyatining taraqiyotiga katta hissa qo’shar ekan, İslom diniga o'tgandan keyin Turk-İslom madaniyatini vujduga kelgach va bu madaniyatning farqli sohalarida asosan, falsafa, tibbiyot, astronomiya, me'moriy, adabiyot kabi sohalarda muhim o’zgarishkar kiritgandir.

Turklar islomdan oldin temirni topish bilan, turli ashyolar yasab, ishlatib, inson hayotining yangi bosqichga o’tishiga, yovoyi tabiatga qarshi mudofaa kuchini orttirishiga olib kelgandir. Ayni davlarda otlarni ham tarbiyalash bilan, inson hayoti yengillashib, uzoq masofalarni yaqlashtirgan, vaqt qozondi, uzoq masofadagi isonlar bilan aloqalar o’rnatildi, xabarlashuv mexanizmi vujudga keltirildi, urush maydonlarida ustunlik kiritildi, uzoq muddatli ko’chlar natijasida nobud bo’lgan insonlar soni ham kamaydi, otlarni tartiba etib ulardan foydalanish, inson hayotida burilish nuqtasi bo’lgandir.

Otning inson hayotining ayrilmaz parchasi bo’lishi, boshqa o’zgarishlar bilan tijoratni ham olib kelgandir. Chunki, tekshiruvlarga ko’ra, bugungi shim va eski paytlarda shalvar deb aytilgan kiyim, insonning otga minishga boshlashi bilan ijod etilgan bir kiyim turidir.

İslom diniga o'tgandan keyin Turklar dunyoda yana ham o’nga chiqgandir. İslom falsafasining ilmiy bir zaminda rivojlanishi, asosan Turk faylasuflar o’nga chiqargan nazariya va asarlar bilan amalga oshgandir. Shunday qilib Yunon falsafasi, İslom fikir hayotida daslabgi haqiqiy namunalari sifatida Farobi bo’lgandir. Turkistonning Farob shahrida dunyoga kelgan to’ng’ich o’g’l Muhammed Farobi, falsafa, fizika, matematika, astronomiya, mantiq, spixlogiya, siyosat kabi mavzularda 160 ga yaqin asarni mo'yqalamga olib Aristotelesning fikrlarini eng yaxshi shakilda bayon etgani uchun “Mualim-i Sani” yani “İkkinchi o’qituvchi” laqabi bilan dong’i chiqgan. Farobi din va falsafani, yani aql bilan iymonni birlashtirish mavzusida boshlatgan yo’l, keyinchalik İbn-i Sina tomonidan ham hayotga tatbiq etilgani bois, G’arbda Xristian falsafasiga uzoq muddat ta’sirli bo’lgandir.

Tibbiyot, mantiq, tabiat, axloq, din falsafasi kabi sohalarda 220 ilmiy asar muallifi bo’lgan va ko’p sonda asarni Lotinchaga tarjima qilgan İbn-i Sina, Sharqda va G’arbda ham ta’sirli bo’lgan shaxsiyatlar orasida joy olmoqda. Professor Doktor İbrahim Kafesoğluga ko’ra, Turk-İslom olamidagi zamonaviy bilimlar Farobi bilan boshlagan.

Mashhur matematikachi Gazne Turk saroyida yashagan va Sulton Mahmut bilan Hindiston safarlariga qatnashgan Horazmi Abu Rayhon Beruni, birinchi bo’lib “Oyatlar” bilan Yunon faylasuflarning so’zlarini birga zikr etgandir. Biruniga ko’ra, ilmning ravnaq topishi uchun, erkin fikirlash shart bo'lgan “İnsonlarning tushuncha va e’tidoqlari o’zgachadir.” Biruni shuningdek geometriyada faqat pargal va jadval bilan yechim topmagan ikki sohadagi ijotlari, G’arbda “Biruni topshirig’i” deb aytilmoqda.

Tibbiyotdan bahs etar ekan, shubxasizki avvalo İbn-i Sino yodga tushad. İbn-i Sino G’arbda “Shifokorlar Hukumdori” sifatida bilinadi va hozirgi kun tibbiyot bitiruvchilari kiygan shapka İbn-i Sinoning ramzidir.

1066 yili Sulton Alp Arslan tomonidan Bog’dotda qurdirilgan, u davrlar oliy talimgohlardan bo’lgan Nizamiya Madrasasida diniiy ilmlar bilan bir qatorda, falsafa, filologiya va matematika kabi ilmlarda ham ta’lim berilgan bo’lib u davr Yevropada bunga o’xshash bir tashkilotning bo’lmagani diqqatga olinsa, Nizamiye Madrasasini dunyodagi birinchi Universitet deb aytish mumkin.

Ko’ringani kabi, Turk jamiyati, dunyo madaniyatida faqat ta’sirli bo’lib va ta’sirlangan emas, ayni paytda ta’sirli bo’lib muhim o’zgarishlar kiritgan, ilm-fan va san’atning har sohasida katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritgan mashhur donishmanlar voyaga yetkazgandir.





Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar