Dotsent Kudret Bulbul bilan muloqot...

82598
Dotsent Kudret Bulbul bilan muloqot...

Diktor:
TRT Turkiya ovozi radiosida Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar rahbari dotsent doktor Kudret Bulbul bilan muloqot o’tkazildi. “Yangi kun” dasturiga tashrif buyurgan Bulbul, Prezidentlik saylovi uchun xorijda 232 ming saylovchi ovoz berganligini bildirib, xozirda bojxonalarda ovoz berish jarayoni davom etayotganligini eslatdi.


Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar rahbari dotsent doktor Kudret Bulbul:

“Butun dunyodan 232 ming saylovchi ovoz berdi. Bu faqatgina xorijdagi fuqarolarimizning ovoz nisbati. Saylov markazlarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Bugun bojxonalarda ham ovoz berish jarayoni ketmoqda. Kecha kechki paytlarda bojxonalarda berilgan ovoz nisbati 177 mingni tashkil qilmoqda. Bu jarayon yakshanba kunigacha davom etadi. Xorijdan Turkiyaga kelgan va saylov qog’ozini olgan fuqarolarimiz ovoz berishni unutmasin. Yakshanba kunigacha yashagan joyiga juda yaqin bojxonalarga kelib ovoz berishlari mumkin. 44 markazda ovoz bera oladilar”


Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar rahbari dotsent doktor Kudret Bulbul:

“Hozirda 232 ming ovoz berildi. Tahminimizga ko’ra, bu raqam 250 mingga chiqishi mumkin. Jami 500 mingga yaqin ovoz beriladi. Bu esa aholining 20% ga yaqin demaktir. Ya’ni avvalgi saylovdan tahminan 4 barobar ya’ni, 400% nisbatida ovoz berish demaktir. Lekin bu ham ozlik qiladi. Chunki biz Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti sifatida siyosiy faoliyatlarga katta ahamiyat beramiz. Bizning asosiy vazifamiz xorijda yashagan fuqarolarimizning tutgan o’rnini mustahkamlashtirishdir. Bir paytlar xorijga ishchi sifatida borgan bo’lishlari mumkin, lekin ishchining farzandlari bo’lib qolishni xohlamasalar va hayotning har sohasida o’zini ko’rsatishni xohlasalar, biz ularning bu maqsadlarini qo’llab quvvatlaymiz.
Siyosiy, ijtimoiy, intelektual, akademik sohalarda o’z o’rnini topish juda muhim, lekin eng muhimi siyosiy o’ringa ega bo’lishdir. Agar siyosiy faoliyatlarga qatnashmasalar bizning ishimiz yana ham qiyinlashadi. Shu sababli bu nisbatni juda oz deb o’ylaymiz”

Diktor: Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkilotining faoliyatlari xaqida ma’lumot bergan Kudret Bulbul xorijdagi fuqarolarning muammolari bilan yaqindan qiziqqanligini bildirdi.


Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar rahbari dotsent doktor Kudret Bulbul:

“Tashkilotimizning 3 ta asosiy vazifasi mavjud. 1-si, xorijda yashagan fuqarolarimizning muammolari bilan shug’ullanish, u yerdagi fuqarolarimizning tutgan o’rnini mustahkamlashtirishdir. Farzandlari doktor bo’lsin, muhandis bo’lsin, akademik bo’lsin, deputat bo’lsin; bu borada qilish kerak bo’lgan narsa bir davlat sifatida zimmamizdagi mas’uliyatni bajarishimiz kerak.
2-si, qardosh xalqlar bilan bo’lgan aloqalarimizni mustahkamlashtirishdir. Biz asosan nodavlat tashkilotlar bilan faoliyat olib boramiz. U yerdagi nodavlat tashkilotlarning yetakchilari bilan Turkiyadagi mansublarining aloqalarini mustahkamlashtirish ham asosiy vazifalarimizdan biridir.
3-si, xalqaro talaba faoliyatlari bilan shug’ullanishdir. Xozirda Turkiyada 140 davlatdan jami 13 ming talabani o’qityabmiz. Men 1980 yilning oxirlari va 1990 yilning boshlarida İstanbulda universitetni bitirdim. İstanbulda o’qigan paytlarimda universitetda bir dona ham xorijlik talaba yo’q edi. Lekin xozirga kelib bizning faoliyatlarimiz natijasida, qolaversa Turkiyaning taraqqiyotiga parallel ravishda hatto yangi qurilgan universitetlarda ham xorijda ko’plab talabalar kelib tahsil olmoqdalar. Bu Turkiyaning bosib o’tgan masofani ko’rsatish jihatidan juda muhim”

Diktor:
2014 yilda 4 ming kontenjan borligini tilga olgan Bulbul, bu 4 ming kontenjan uchun 176 davlatdan 82 ming talaba murojaat qilganini bildirdi. Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkilotining qardosh davlat yoshlariga ajratilgan stipendiya imkoniyatlari xaqida tashkilot rahbari Kudret Bulbul quyidagilarni tilga oldi:


Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar rahbari dotsent doktor Kudret Bulbul:
“Biz bu masala bo’yicha nodavlat tashkilotlarning talabalarga ajratilgan faoliyatlariga e’tibor qaratamiz. Bularni amalga oshirar ekanmiz, ko’pincha ijtimoiy, madaniy, akademik, intelektual faoliyatlarga ahamiyat beramiz. Bu qardosh davlatdan kelgan yoshlarga stipendiya imkoniyatlari yaratilgan. Har davlat uchun maxsus bo’sh o’rin ajratilgan. Ayni shaklda Yevropadagi fuqarolarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlarni qardosh jamiyatlar uchun ham yaratib berganmiz”.


Diktor:
Rahbar Kudret Bulbul Turkiyada stipendiya bilan o’qish uchun qanday murojaat qilish masalasiga quyidagicha aniqlik kiritdi:


Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar rahbari dotsent doktor Kudret Bulbul:
“İnternet orqali murojaat qilishlari mumkin. İnternet orqali murojaat qilish asosan xorijlik talabalar uchun juda muhim. Ya’ni dunyoning boshqa tomonidan Afg’onistondan, Ugandadan, Morodan hech qanday vositaga ehtiyoj sezmasdan, biron tashkilotni o’rtaga qo’ymasdan, to’g’ridan bizga murojaat qilishlari mumkin. Va bu shaklda Turkiyadagi universitetga kirish baxtiga muyassar bo’lishi mumkin.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar