Toshkent Haftanomasi 31 qism

O'zbekistondagi so'ngi yangiliklar

81862
Toshkent  Haftanomasi 31 qism

Dushanbeda o`zbek gazini Qirg`iziston janubiga etkazib berish ishlarini tiklash muhokama qilindi
Dushanbeda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va uning qirg`izistonlik hamkasbi Erlan Abdildaev O`zbekiston-Qirg`iziston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi, deya xabar beradi O`zbekiston TIVning matbuot xizmati.
O`zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov Shangxay Xamkorlik Tashkilotiga (ShҲT) a`zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining yig`ilishida qatnashish uchun Dushanbega tashrif buyurgan edi.
«Tomonlar o`zbek gazini Qirg`iziston janubiga etkazib berish masalasini muhokama qildi, ushbu muhim muammoni hal etishda muayyan siljishlar bo`lsa-da, munozarali jihatlar ham mavjudligicha qolmoqda», - deb yozadi “RIA Novosti”.
Eslatib o`tamiz, Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Qirg`izistonning butun gaz-transport tizimini 1 dollarga sotib olganidan keyin shu yilning aprel oyida O`zbekiston Qirg`iziston janubiga gaz etkazib berish ishlarini to`xtatgan edi.
Sal keyinroq esa O`zbekiston va “Gazprom” gaz etkazib berish ishlarini tiklash masalasi bilan shug`ullanayotgani haqida xabar berildi.
O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Dushanbeda tojikistonlik hamkasbi Sirojiddin Aslov bilan uchrashdi.
Tojikiston TIV matbuot xizmatining xabariga ko`ra, “bir-birini tushunish va o`zaro hurmat kayfiyatida” o`tgan uchrashuvda tomonlar ikki davlat o`rtasidagi aloqalarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishgan.
Sirojiddin Aslov ikki davlat o`rtasida siyosiy muloqot hamda transport, energetika, madaniyat, chegaralarni qo`riqlash va boshqa sohalardagi hamkorlikni jonlantirish zarurligiga, bu esa o`z navbatida hamkorlikning kuchayishiiga va ikki o`rtadagi mavjud muammolarni hal etishga yordam berishiga e`tibor qaratdi.
Shuningdek, uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro muammolar, ShҲT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishining kun tartibi, ikki davlatning mazkur tashkilot doirasidagi hamkorligining asosiy yo`nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Tojik tomoni ShҲTga raisligi davrida qo`llab-quvvatlagani uchun O`zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.
Geçiş…..
O`zbekiston prezidenti Islom Karimov 30 iyul kuni Oqsaroy qarorgohida AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi.
O`zAning xabar berishicha, bo`lib o`tgan suhbat chog`ida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar muhokama qilindi.
L.Ostin O`zbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va bu munosabatlarni o`zaro manfaatli yo`nalishlarda rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirib, Amerika Qo`shma Shtatlari O`zbekiston bilan ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini ta`kidladi.
Geçiş…..
2014 yil 6 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Maskat shahrida O`zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon transport koridorini yaratish bo`yicha to`rt tomonlama vazirliklar uchrashuvida qatnashadi, deya xabar beradi TIV xabarida.
Ushbu transport koridorini ochish taklifi O`zbekiston Prezidenti tomonidan 2010 yil oktyabr oyida Ashxabadga rasmiy tashrifi davomida ilari surilgan edi.
O`zbekiston tomonning fikricha, ushbu temir yo`l tarmog`ini barpo etish Fors va Ummon ko`rfazlarida joylashgan davlatlar hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasidagi o`ziga xos muhim bog`lovchi bo`g`inga aylanadi.
Mazkur xalqaro loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi koridor ishtirokchilari bo`lgan mamlakatlar o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tranzit yuk oqimlarini oshirish hamda ularga jahon bozorlariga yangi chiqish yo`llarini ta`minlash imkonini beradi.
Geçiş…..
O'tgan xaftada O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ҳay`atining yig`ilishi bo`lib o`tdi. TIV matbuot markazining ma`lum qilishicha, yig`ilishda tashkiliy masala ko`rilgan.
Shu paytgacha O`zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasida ishlab kelayotgan Alisher Qurmonov Tashqi ishlar vazirining o`rinbosari etib tayinlandi.
A. Qurmonov Koreyadagi elchilikka o`tgan yilning dekabrida tayinlangan edi. Undan avval O`zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi bo`lgan.
Geçiş…..
O`zbekiston prezidenti Islom Karimovning farmoniga asosan 2014 yilning 1 sentyabridan boshlab O`zbekistonda ish haqi, pensiyalar hamda stipendiyalar 12 foizga oshiriladi
Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida,
2014 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o`rta hisobda 1,12 baravar oshiriladi.
2014 yilning 1 sentyabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi – oyiga 107 635 so`m;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 210 525 so`m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 210 525 so`m;
zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 129 180 so`m miqdorida belgilangan.
Ish haqi hamda pensiyalarga qo`shilgan ustama va qo`shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to`lovlar 2014 yilning 1 sentyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Geçiş…..
O`zbekistondan makkajo`xori, g`o`za va yana 15 ta o`simlik urug`ini olib chiqish taqiqlandi
O`zbekiston Qishloq va suv xo`jaligi vazirining buyrug`i bilan respublikadan olib chiqilmaydigan Biologik ob`ektlarning ro`yxati tasdiqlandi, deb yozadi Norma.uz.
Ro`yxatga Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi ko`rsatilgan 17 ta biologik ob`ektning nomi kiritilgan. Bular:
- Kuzgi qattiq bug`doy urug`lari;
- Kuzgi yumshoq bug`doy urug`lari;
- Bahorgi yumshoq bug`doy urug`lari;
- Kuzgi arpa urug`lari;
- Tritikale urug`lari;
- Kuzgi suli urug`lari;
- Bahorgi suli urug`lari;
- Makkajo`xori urug`lari;
- jo`xori urug`lari;
- Sholi urug`lari;
- Soya urug`lari;
- Er yong`oq urug`lari;
- Zig`ir urug`lari;
- Kungaboqar urug`lari;
- Maxsar urug`lari;
- Kunjut urug`lari;
- G`o`za urug`lari.
Buyruq 2014 yil 29 iyulda 30-son bilan O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to`plamida rasmiy chop etilgan kundan boshlab kuchga kirdi.
Geçiş…..
O`zbekiston Rog`un GES loyihasini hech qanday holatda qo`llab-quvvatlamasligini ma`lum qildi.
O`zbekiston bosh vaziri birinchi o`rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov Olma-Otada bo`lib o`tgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining hukumat vakillari uchrashuvida Rog`un GESini qurish loyihasini amalga oshirish iloji yo`q ekanidan darak beruvchi qator omillarni sanab o`tdi.
Avvalambor, u loyiha hujjatlari xalqaro xavfsizlik standartlariga mos kelmasligini va texnik ekspertiza shartlariga rioya qilmasligini aytdi.
Bundan tashqari, Rustam Azimov loyihaning 44 yil avval ishlab chiqilgani, bugungi kungacha u texnik yondashuvlar va qurilish me`yorlari bo`yicha eskirib qolganini ta`kidladi.
O`z nutqida Azimov loyihaning yuqori riskliligini ham tilga oldi. «GES qurilishi uchun tez-tez zilzila bo`lib turadigan joy tanlangani konsultantlar hisobotlarida ham tasdiqlandi», – dedi u.
Shuningdek, loyihaga qarshi chiquvchi boshqa bir qator omillarga ham to`xtalib o`tildi.
O`z nutqiga yakun yasar ekan, Rustam Azimov: «O`zbekiston Respublikasi hech qanday holatda ushbu loyihani qo`llab-quvvatlamaydi», – dedi.

Geçiş…..
Prezident Islom Karimovning farmoniga muvofiq xalqaro maydonda mamlakatning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirish, o`zbek futbolining nufuzini oshirish, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish ishiga qo`shgan munosib hissasi uchun O`zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Ravshan Ermatov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.
Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Braziliyada bo`lib o`tgan futbol bo`yicha jahon chempionatida ishlagan o`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA laynsmeni Abduhamidullo Rasulovni taqdirlash marosimi bo'lib otdi.
Marosimda, prezident sovg`alari – Ravshan Ermatovga Malibu, Abduhamidullo Rasulovga esa Orlando avtomobili, shuningdek, Ermatovga «El-yurt hurmati» ordeni va O`FF tomonidan «O`zbekiston Futbol Federatsiyasi» faxriy esdalik nishoni topshirilgan.
Eslatib o`tamiz, FIFA referisi Ravshan Ermatov o`z brigadasi bilan Braziliyada bo`lib o`tgan jCh-2014da to`rtta o`yinda hakamlik qildi. 2010 yili jARda bo`lib o`tgan mundialda Ermatov beshta o`yinda hakamli qilgandi.
Ikki mundial yakuniga ko`ra, u hakamlik qilgan o`yinlar soni to`qqiztaga etib, ushbu ko`rsatkich bo`yicha u jahon futboli rekordini o`rnatdi.
jCh-2014da Ermatovga qanotlarda o`zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg`izistonlik Bahodir Qo`chqorov yordam berdi.
Geçiş…..

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar