Yevrosiyo Axborot Agentligi 27-qism

119679
Yevrosiyo Axborot Agentligi 27-qism

Turkiyaning himoyasi bilan Kosovoda insho etilgan “ Mitrovitsa Bayrampasha İsa Bey Jomesini ko’rib chiqamiz!

Istanbulning Bayrampasha Shahar Hokimligi va Bayrampasha Muftiligining himoyalari bilan Kosovodagi Mitrovitsa shaharida inshoo etilgan “Mitrovitsa Bayrampasha İsa Bey Jomesi” uyushtirilgan bir marosim bilan xizmatga ochildi.
Marosimga qatnashgan Diniy İshlar Boshqarmasi Rahbari Prof.Dr. Mehmet Go’rmez ham Turkiyadagi barchaning yuragida Kosovoning alohida bir o’rini bordir dedi.
Prishtineda Kosovo İslom Birligini ziyorat etgan Mehmet Go’rmez, Turkiya Prishtinada katta bir Jome qurish xush xabarini berdi.
Matbuotga Yopiq amalga oshgan uchrashuvda, Kosovo bilan Turkiya orasida din ishlarida hamkorlik mavzulari ko’rib chiqildi.
Kosovo İslom Birligi Rahbari Naim Tirnava, kasbdoshi Mehmet Go’rmezga, Fotih Sulton Mehmet Jome savg’a qilindi.
Endi Prishtinada Esin Muzbegga bog’lanamiz.
Esin bizni yoritasizmi…
Kosovoning Mitorvicha shahari Ramazon arafasida shaharning ramzi holiga kelgan bir jomega ega bo’ldi. Osmaniylar mazkur hududdan chiqishi bilan Sirb rejimi tomonidan vayron qilingan İsa Bey Jomesi, Diniy İshlar Boshqarmasining faoliyatlari va Bayrampasha muftisining qo’shgan hissalari bilan Usmoniy me’morisiga mos yangıidan inshoo etildi.
2500 metr kvadratlik bir maydonga inshoo etilgan, 48 metr yuksalikda ikki ko’rkamli minorasi bo’lgan va 4000 kishilik İsa Bey Jomesi, Kosovoning holihozirgi eng katta jome xusisiyatidadir.
Qurilishi 2 yil davom etgan Jomening ochilishiga Turkiyadan ham yuqori martabali mehmonlar qatnashdi. Ochilishga Sog’liqni Saqlash Vaziri Mehmet Muzezzinog’li, Diniy İshlar Boshqarmasi Mehmet Go’rmez, Turkiyaning Kosovo Elchisi So’ngul O’zan , Kosovo Jamiyati Boshqarmasi Vaziri Mohir Yog’jilar, Kosovo İslom Birligi Rahbari Naim Ternava, Bayrampasha bilan Mitrovicha Shahar Hokimlari va juda ko’p sonda yurtdosh qatnashdi.
Qur’on Karim tilovati bilan boshlagan marosimda Sog’liqni Saqlash Vaziri Mehmet Muezzino’g’li ham ma’ruza qildi. Muezzino’g’li, bugun bu yerda bir madaniyatning farqli boyliklari bilan birgalikda ekanini ifoda etdi. Sog’liqni Saqlash Vaziri Mehmet Muzezzino’g’li, bizlar haq va adolat madaniyati, ilim va irfon madaniyati sevgi va sabr- taqot, tinchlik va huzur madaniyat boyligi bu tuproqlardan dunyoga yoyilgan bir tushuncha mansublariga deb xitob qildi.
Kosovoliklar katta aloqa ko’rsatgan Diniy İshlar Boshqarmasi Mehmet Go’rmez esa, Kosovoda endi jomelarning yoshlar bilan to’lib toshishi tufayli mamnuniyatini tilga oldi.
Kosovo İslom Birligi Rahbari Naim Terneva, Diniy İshlar Boshqarmasiga tashrif buyurganda, Kosovo urushi paytida vayron qilingan 218 jome fotosuratini ko’rsatganini ifoda etgan Mehmet Go’rmez, “ Bu Jomelarni takror qanday inshoo etishini tushunmoqda edi. Ollohga hamd bo’lsin ki bir necha yil mobaynida ushbu jomelarning barchasi ibodatga ochildi. Bularga qo’shimcha ravishda Kosovoda yangi jomelar inshoo etildi” deb bildirdi. Diniy İshlar Boshqarmasi Rahbari Mehmet Go’rmez “Olloh hech qachon Kosovoda semolaridan azon ovozini jim- jit qilmasin dedi.
Kosovo Jamiyatchilik Boshqaruv Bo’yicha Vazir Mohir Yog’jilar ham marosimda so’zlgan nutqida, har insonning eng katta qadriyatlardan biri imon ekanini qayd etdi. Ollohning uyi bo’lgan ushbu jomening inshootida mehnati bo’lgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Kosova İslom Birligi Rahbari Naim Ternava esa urush davrida bo’lganidek so’ngrasida ham Kosovoni siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy sohalarda ko’ngildan himoya qilgan Turkiya davlatiga va tashkilotlariga minatdorchilik bildirdi.
İsa Bey Jome marosimining ortidan dastlabki Juma namozini Diniy İshlari Boshqarmasi Rahbari Mehmet Go’mez imomlik qildi.
G’ozi İsa Bey Jome, Kosovoda eng qadimigi asarlardan birini tashkil etmoqda.
Qurilishi 1469 yiliga tayanmoqda. Go’zi İsa Bey Mitrovitsaga shahar xusisiyati bo’lgan bir Madrasa, hamom va soat munorasi inshoo etgan kishi sifatida ham bilinadi, Jome 1926 yilida vayron qilinadi. Usmoniylar mintaqadan chekinishi bilan birgalikda ko’plab Usmoniy asari kabi jomelarning bir qismi xarob bo’ladi yoki katta zarar ko’radi.Faqat xalqning sa’y-harakatlari bilan ta’mirdan o’tkazilgan jomelar va boshq Usmoniy asarlarining katta qismiy esa bugungacha yetib keladi.Bugunlarda ham TIKA, Diniy İshlar Boshqarmasi va Muftilar vositasi bilan madaniy miros sifatida sanalgan ko’plab asar asliga mos ravishda yangidan inshoo etilib yoki ta’mirdan o’tkazilib kundalik hayotga qo’shiladi.
Poytaxt Prishtinadagi Fotih Jome, Prizrendagi Sinon Pasha Jome, Sulton Murat Maqbarasi eng muhim Usmoniy asarlari orasida o’rin oladi.
Faqat tarixiy va madaniy miros bilan bir qatorda yangi jome va madaniy markazlarning inshooti ham katta ahmiyat kasb etmoqda.
Diniy Islar Boshqarmasi Rahbari Mehmet Go’rmez, Kosovo uchrashuvlari paytida Kosovo Islom Birligi Rahbari Naim Tirnava bilan Prishtinada inshoo etilishi rejalangan Buyuk Jome uchun mashlahat qiladi.
Prishtina Shahar Hokimi tomonidan markazda jome uchun yer ajratgani uchun Turkiyadan yordam kutmoqdalar.
Diniy Ishlar Boshqarmasi Rahbari Mehmet Go’rmez ham Prishtinada katta jome quramiz deb xush xabarni berdi.
Kosovdan xabarlarimiz yakunladi.
Esin Muzbega minatdorchilik bildiramiz.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar